BIZNES KURSLARI

O‘zbekiston-Yaponiya Markazining biznes kurslarini o‘tkazishidan maqsad: ishtirokchilarga biznesdagi muammolarga samarali yechim topish, tashkilot maqsadlariga erishish uchun maqbul qarorlar qabul qilish va shaxs sifatida rivojlanib borish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashga yordam berishdan iborat. 2001-yildan boshlab 20 000 dan ortiq ishtirokchi mazkur kurslarni tamomladi. Biznes kurslari ishtirokchilarning talablaridan kelib chiqqan holda beshta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.

PROFESSIONAL MENEJMENT DASTURI
Professional Menejment Dasturi (Professional Management Program): biznes rahbarlari uchun mo‘ljallangan MBA turidagi 4 oylik kurs hisoblanadi. Dastur marketing, menejment, moliya, inson resurslari boshqaruvi va turli mavzular bo‘yicha asosiy bilimlarni beradi. Shuningdek, ushbu dastur boshqa faoliyat turlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonini o‘rganish imkoniyatini ham yaratadi. Kurs yakunida ishtirokchilar o‘z biznes rejalarini himoya qilib, keyinchalik amaliyotda tadbiq etishadi. 2001-yildan buyon 2350 ga yaqin ishtirokchi PMP dasturini tamomlab, ularning aksariyati o‘zbek tadbirkorlari orasida o‘z biznes mavqelarini mustahkamlab, rivojlantirib bormoqdalar.
Professional Menejment Dasturiga (PMP-43) qabul e’lon qilingan. Qabul haqidagi ma’lumotlarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin. https://ujc.uz/ru/detail_2_177
“Keiei-Juku”
“Keiei-Juku” – yapon tilidan “boshqaruv maktabi” degan ma’noni anglatib, kompaniyalarning faqat oliy boshqaruv doirasidagilar uchun mo‘ljallangan dastur hisoblanadi.
“Keiei-Juku” - yapon ekspertlari tomonidan o'tiladigan  biznesni boshqarishga oid 5 ta muhim jihat hamda kompaniyaning strategik rivojlanish rejasini tuzishga qaratilgan besh oylik dasturdir.
Dastur so‘ngida, ishtirokchilar chuqur tahlil o‘tkazish orqali o‘z kompaniyalari uchun keng qamrovli takomillashtirish rejasini ishlab chiqadilar.
Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida ishbilarmonlik tajribasini yanada rivojlantirish, shuningdek o‘zaro tadbirkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Yaponiyada ikki haftalik biznes amaliyoti o‘tash ko‘zda tutilgan.
Kurs yiliga bir marta – iyul oyidan dekabr oyiga qadar o‘tkaziladi. Dasturga qabul har yili bahor mavsumining may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi 
IXTISOSLASHGAN KURSLAR

Ixtisoslashgan biznes kursi qisqa muddatli kurs bo‘lishi bilan birga biznesdagi muammolarga to‘g‘ri yechim topishga qaratilganligi hamda amaliyotdagi jarayonlarning yuqori darajadaligi sabab, tadbirkorlar va biznes boshqaruvchilari orasida katta talabga ega. Kurs davomiyligi 3 kundan 8 kungacha etib belgilangan bo‘lib, mavzular bozor talablari va biznes kurslari ishtirokchilarining xohish-istaklariga muvofiq muntazam ravishda yangilab boriladi.

Start-up
“Start-up” biznesni boshlash hamda biznesdagi keyingi qadamlar uchun barqaror faoliyat yuritish maqsadida asosiy zamin bo‘la oladigan muhim ma’lumot va ko‘nikmalar yaratishga qaratilgan. Dastur yosh tadbirkorlarga biznes jarayonlarini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Shuningdek, treningda muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan panel muhokamalar o‘tkazilib, kurs ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob va foydali maslahatlar olishlari mumkin.
KORPORATIV TRENING VA KONSULTATSIYALAR
Yaponiya va mahalliy biznes amaliyotchilari bilan bo‘lib o‘tadigan korporativ treninglar va biznes-konsultatsiyalar. Yiliga taxminan 20 ta trening va biznes-konsultatsiyalar o‘tkaziladi.
• Korporativ treninglar mamlakat korporativ sektorini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or bilimlar bilan bo‘lishish maqsadida, asosan Yaponiyadan tashrif buyurgan trenerlar tomonidan o‘tkaziladi.
• Biznes-konsultatsiyalar biznesdagi dolzarb va strategik muammolarga yechim topish uchun zarur bilimlarni egallash imkoniyatini beradi. 
BOSHQA TADBIRLAR

• O‘zbekiston hududlari bo‘ylab regoinal kurslar.
• Yaponiyada yapon biznes doirasidagilar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan amaliyotlar.
• O‘zbekiston va Yaponiya tadbirkorlari hamda yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida har yili bo‘lib o‘tadigan ochiq biznes forum.
• Menejment, marketing, moliya, shaxsiy rivojlanish kabi turli mavzularda mahalliy hamda yapon mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan ochiq biznes seminar va treninglar. 


 
PMI.jpg
Oflayn kurs: "PMI usuli asosida Loyiha Boshqaruvi"
O’zbekiston-Yaponiya markazi sizni «PMI usuli asosida Loyiha Boshqaruvi» kursiga taklif etadi. (Project Management. PMI) Tashkil etilishi: 19 – 23 avgust 2024 y., 18:45 — 21:45 Oflayn formatda Trening o’zbek tilida bo’lib o’tadi Narxi: 1 5...
Time Management.png
Oflayn kurs: "Time Management (Vaqtni boshqarish)"
O’zbekiston-Yaponiya markazi sizni «Time Management (Vaqtni boshqarish)» kursiga taklif etadi. Tashkil etilishi: 22 – 26 iyul 2024 y., 18:45 — 21:45 Oflayn formatda Trening o’zbek tilida bo’lib o’tadi Narxi: 1 500 000 so’m Ommaviy oferta: ...
2024-04-09 16.28.32.jpg
Oflayn kurs: "Muvaffaqiyatli biznes: Biznesni to’g’ri boshlash"
Fundamenti zaif bo’lgan bino qulashi aniq bo’lganidek, biznes ham bilim ustiga qurilmasa muvaffaqiyatsizlikga uchraydi!  Shu sababli o’z biznesini muvaffaqiyatli boshlash va boshqarish uchun zarur bilim, ko’nikma va resurslarga ega bo’lmoqchi b...
japan (1).png
Oflayn kurs: "Strategik management"
O'zbekiston-Yaponiya Markazi sizni biznes kursda qatnashishga taklif qiladi: "Strategic management" Tashkillashtirish vaqti: 12 - 14 dekabr 2023 y., 10:00 — 13:00 Trener: Akifumi Nakanishi Mehmon spiker: Ibrahim Gulyamov (...
Офлайн курс Бизнес менеджмент (2).png
Офлайн курс: "Бизнес менеджмент"
Ўзбекистон-Япония Маркази сизни «БИЗНЕС МЕНЕДЖМЕНТ» бизнес курсида қатнашишга таклиф қилади. Тадбир вақти: 13 — 17 Март 2023 й., 18:45 — 21:45 Ўқитиш тили: Ўзбек тили. Тарқатма материаллар ўзбек тилида тақдим етилади. Иштирок етиш нархи: 1 200 ...
oflajn-kurs.png
ОФЛАЙН КУРС: «HR МУТАХАССИСИ»
Ўзбекистон-Япония Маркази сизни «HR мутахассиси» бизнес курсида қатнашишга таклиф қилади Сана: 5 декабр — 12 декабр 2022 (душанбадан жумагача) Вақт: 18:45 — 21:45 Нархи: 1 000 000 cўм Оммавий оферта: Курсга руйхадан ўтиш Тренер: НАСИБА РОЗМЕ...
ОФЛАЙН КУРС: «БИЗНЕС МЕНЕДЖМЕНТ»
" " Ўзбекистон-Япония Маркази сизни «БИЗНЕС МЕНЕДЖМЕНТ» бизнес курсида қатнашишга таклиф қилади. Тадбир вақти: 17 — 21 октябр 2022 й., 10:00 — 13:00 Ўқитиш тили: Ўзбек тили. Тарқатма материаллар ўзбек тилида тақдим етилади. Иштирок етиш нархи: 1 00...