JLPT UZBEKISTAN • 2026-YIL 6-DEKABR • TOSHKENT

JLPT HAQIDA

Yapon tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha xalqaro imtihon
Japanese-Language Proficiency Test (JLPT) — yapon tili ona tili bo‘lmagan shaxslarning yapon tilini bilish darajasini baholash va tasdiqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihon. JLPTning rasmiy xalqaro sayti The Japan Foundation va Japan Educational Exchanges and Services (JEES) tomonidan boshqariladi.
Imtihon besh darajadan iborat: N5 — boshlang‘ich, N4 — asosiy, N3 — o‘rta, N2 — yuqori, N1 — eng yuqori. Til bo‘yicha bilimlar, o‘qish va tinglab tushunish tekshiriladi. 


O‘ZBEKISTONDA JLPT

O‘tkazilish shahri

Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi

Imtihon sanasi

2026-yil 6-dekabr, yakshanba

Tashkilot

The Uzbekistan-Japan Center (UJC)

Mavjud darajalar

N1, N2, N3, N4, N5

Narxi

Har bir daraja uchun 700 000 so‘m


RO‘YXATDAN O‘TISH

Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi

2026-yil 24-avgust

Ro‘yxatdan o‘tishning yakunlanishi

2026-yil 11-sentabr

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

UJC rasmiy saytida e’lon qilinadi

HUJJATLARNI TOPSHIRISHNI OXIRGI KUNGA QOLDIRMANG

QANDAY RO‘YXATDAN O‘TISH KERAK

QADAMAMALTAVSIF
01Hujjatlarni tayyorlashShaxsni tasdiqlovchi hujjat va 3×4 sm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat tayyorlang.
02JLPT imtihoni ro'yxatdan o’tishRasmiy anketani diqqat bilan va xatosiz to‘ldiring.
03To‘lovImtihon uchun to‘lovni UJC ko‘rsatgan tartibda amalga oshiring.
04Xujjat topshirishHujjatlarni belgilangan muddatda UJC xodimlariga topshiring

KERAKLI HUJJATLAR

 Pasport / shaxsni tasdiqlovchi hujjat / tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma.


 2 ta fotosurat o‘lchamdagi 3×4 sm


To‘ldirilgan JLPT imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish anketasi


Imtihon to‘lovi tasdiqnomasi.

Muhim: ism va familiyangizni shaxsni tasdiqlovchi hujjatga muvofiq bosh lotin harflarida yozing.


JLPT DARAJALARI

BOSHLANG‘ICH

N5

Asosiy iboralar, hiragana, katakana, asosiy kanjilar va oddiy dialoglar.

ASOSIY

N4

Yapon tili bazasi va tanish kundalik vaziyatlarni tushunish.

O‘RTA

N3

Kundalik yapon tilini va murakkabroq materiallarning asosiy g‘oyalarini tushunish.

YUQORI

N2

Turli kundalik vaziyatlarda, matnlarni va tabiiy tezlikka yaqin nutqni tushunish.

ENG YUQORI

N1

Murakkab matnlar, mavhum g‘oyalar, yangiliklar, ma’ruzalar va tabiiy yapon nutqining turli jihatlarini tushunish.


IMTIHON TUZILISHI VA VAQTI

DARAJA1-BO‘LIMVAQT2-BO‘LIMVAQT
N1Leksika/grammatika + o‘qish110 daq.Tinglab tushunish55 daq
N2Leksika/grammatika + o‘qish105 daq.Tinglab tushunish50 daq.
N3Leksika30 daq.Grammatika + o‘qish / tinglab tushunish70 / 40 daq.
N4Leksika25 daq.Grammatika + o‘qish / tinglab tushunish55 / 35 daq.
N5Leksika20 daq.Grammatika + o‘qish / tinglab tushunish40 / 30 daq.

NATIJALAR VA SERTIFIKAT

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun belgilangan umumiy o‘tish balini olish va shu bilan birga baholanadigan har bir bo‘lim bo‘yicha minimal ballni to‘plash kerak. Agar majburiy bo‘limlardan birida natija belgilangan minimumdan past bo‘lsa, imtihon topshirilmagan hisoblanadi.
Natijalar e’lon qilingandan so‘ng nomzod ularni onlayn tekshirishi mumkin. Anketada ko‘rsatilgan ro‘yxatdan o‘tish raqami va parolni saqlab qo‘ying. JLPTni muvaffaqiyatli topshirganlar JLPT rasmiy sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 


KO‘P UCHRAYDIGAN SAVOLLAR

Bir nechta darajani topshirish mumkinmi?

Ro‘yxatdan o‘tishda imtihonning bitta darajasi tanlanadi. Darajani oldindan tanlang.

Og‘zaki qism bormi?

Yo‘q. JLPTda og‘zaki nutq bo‘yicha alohida imtihon yo‘q.

Yozma insho qismi bormi?

Yo‘q. Insho yozish bo‘yicha alohida bo‘lim yo‘q.

Natijalar qachon e’lon qilinadi?

Natijalarni e’lon qilish muddati imtihon o‘tkazilgandan keyin tashkilotchilar tomonidan ma’lum qilinadi.

Imtihonning aniq joyini qayerdan bilish mumkin?

Aniq joy, yetib kelish vaqti va tashkiliy ko‘rsatmalar ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarga ma’lum qilinadi.


UJC ALOQA MA’LUMOTLARI

UJC asosiy manzili

100084, Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107-B, Xalqaro Biznes Markazi, A blok, 6-qavat

Telefon

+998 78 120-73-94   /   +998 78 120-73-95  /  +998 78 120-73-96

E-pochta

infomail@ujc.uz


RASMIY MANBALAR

• • JLPT imtihoni rasmiy sayti

• JLPT imtihoni bo‘limlari va davomiyligi

• JF ning O’zbekistondagi rasmiy hamkori The Uzbekistan-Japan Center

• UJC rasmiy aloqa ma’lumotlari