MADANIY ALMASHINUV

O‘zbekiston-Yaponiya Markazining maqsadi O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv munosabatlarini yanada mustahkamlash va do‘stona aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Faoliyatimiz orqali biz kun chiqar mamlakat muhitini his qilishda turtki beramiz.

Markaz yaponiyalik mutaxassislar va JICA ko‘ngillilari bilan birgalikda Yaponiyaning maftunkor dunyosi bilan tanishish istagidgilar uchun qiziqarli madaniy dasturlarni taqdim etadi. Bular: choy marosimi namoyishi, ikebana, yuzen, etegami, origami, sumi-e kabi turli xil mahorat mashg‘ulotlaridir. Shuningdek, Markazda O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish istagida bo‘lgan poytaxt mehmonlari uchun ham mahorat darslari tashkil etiladi. 

CHOY MAROSIMI

Choy marosimi - Yaponiyaning madaniy boyliklaridan biri hisoblanishi barobarida uzoq va boy tarixga ega bo‘lib, mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini his qilish imkonini beradi. Choy marosimining asosiy maqsadi kishi qalbiga taskinlik topdirishdir. Shuningdek, choy ichish o‘ziga xos rohat baxsh etib, xotirjamlik, hordiq chiqarish va choydan zavq olishga yordam beradi. Markazda choy ustasi rahbarligida choy ichish marosimi asoslari, uning tarixi va xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin. 

DUTOR CHALISH KURSI
Dutor - torli cholgʻu asbobi, oʻzbek xalqi tomonidan azaldan qadrlab kelinadigan va eng keng tarqalgan sevimli cholg‘u asbobi hisoblanadi. Hech bir bayram, biron bir tantanali tadbir dutorning jozibali sadolarisiz o‘tmaydi.
Oʻzbek milliy dutor cholgʻusida chalish kursi 2005-yil iyul oyida ochilgan bo‘lib, ushbu kurs O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan yapon mutaxassislari hamda mahalliy aholi orasida juda mashhur hisoblanadi. 
SUMI-E
Har bir inson mumtoz yapon sumi-e, ya’ni siyoh bo‘yoqlari texnikasi bilan tanishishi va ushbu ajoyib san’at turini amalda egallashi mumkin. Yapon sumi-e naqshining jozibasi uning nozik va soddaligida bo‘lib, bunda qora va oqning cheksiz soyalarida sarobga o‘xshash shakllar, aniq chiziqlar va chiziqlarning uyg‘unligi mujassamlashgan.
BOLALAR UCHUN TADBIRLAR
O‘zbekiston-Yaponiya Markazida Yaponiya madaniyati bilan kengroq tanishtirish maqsadida bolalar markazlari, dam olish maskanlari va maktablar bilan hamkorlikda yapon milliy va an’anaviy o‘yinlari musobaqalari, origami kabi turli madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
TURLI KLUBLAR

Markazda yapon madaniyati bilan bog‘liq turli klublar ham faoliyat yuritmoqda. Masalan, shogi klubiga yangi qo‘shilganlar o‘yin qoidalari va asosiy kombinatsiyalar bilan tanishsalar, tajribali shogi o‘yinchilari esa bir-birlari bilan bellashish orqali o‘z mahoratlarini oshirib boradilar.
Mangaga qiziquvchilar klubida - siz manga uslubiga xos chizishni o‘rganib, yuz xususiyatlari va inson his-tuyg‘ularini hamda sevimli qahramonlaringiz suratini chizishni o‘rganish orqali o‘z mahoratingizni oshirishda davom etishingiz mumkin. 

TURLI TADBIRLAR

Markazga tashrif buyuruvchilar kino tomosha qilish, musiqa va raqs, rasm chizish va boshqa anʼanaviy sanʼat turlarini oʻrganish kabi tadbirlarda faol ishtirok etib, Yaponiya madaniyati hamda anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularga nafaqat yapon tilini oʻrganishda yordam beradi, balki ish faoliyati yoki qiziqarli hobbi izlayotganlar uchun ham turtki bo‘ladi.