BIZ HAQIMIZDA



Oʻzbekiston-Yaponiya Markazi (UJC) 2000-yil oktabr oyidagi Oʻzbekiston va Yaponiya hukumatlari o’rtasidagi kelishuvga muvofiq tashkil etilgan. Markaz ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hisoblanadi. Oʻzbekistonda JICA kreditlar, grantlar, texnik yordam, koʻngillilar va boshqalar kabi keng koʻlamli yordam vositalaridan foydalangan holda hamkorlik qiladi. Qoʻshimcha ma’lumot uchun JICA Uzbekistan veb-saytiga tashrif buyuring. 

O‘zbekiston-Yaponiya Markazi ikki davlat o‘rtasidagi biznes, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik qilish uchun o‘ziga xos platforma hisoblanadi.
2007-yilda Buxoro shahrida Markazning hududiy vakolatxonasi ochilgan bo‘lsa, 2012-yildan boshlab Markaz Yaponiya jamg‘armasi (JF) bilan yapon tilini o‘rgatish, madaniy tadbirlarni tashkil etish yo‘nalishlarida hamkorlik qila boshladi. 

20 yildan ortiq faoliyat davomida Markaz ko‘plab koʻplab biznes dasturlari, yapon tilini oʻrganish va madaniy almashinuv dasturlarini amalga oshirdi. UJC eshiklari biznes sohasida amaliy bilim va ko‘nikmalarni oshirishga intilayotgan, yapon tili, madaniyati va an’analariga qiziqqan har bir kishi uchun ochiqdir.

Markaz quyidagi turli xil kurslar va tadbirlarni taklif etadi:

Biznes kurslari
Yapon tili kurslari
Madaniy almashinuv