Oflayn kurs: “MARKETING ASOSLARI: bozor tadqiqotidan dastlabki boshqariladigan qarorlargacha”

Ayjan Kasimbekova WEB.jpg


O’zbekiston – Yaponiya markazi sizni

“MARKETING ASOSLARI: bozor tadqiqotidan dastlabki boshqariladigan qarorlargacha”
kursiga taklif etadi.

Sana: 23 – 27 fevral 2026 y., 18:45 – 21:45
Oflayn formatda
Trening o’zbek tilida bo’lib o’tadi
Narxi: 1 800 000 so’m
Ommaviy oferta: https://cab.ujc.uz/~D7AOl


Trener: Ayjan Kasimbekova

Strategik marketing, tadqiqotlar va biznes o‘sishi bo‘yicha trener va amaliyotchi.

Marketing, analitika va biznes strategiyasi sohasida 29 yildan ortiq amaliy tajribaga ega bo‘lgan marketolog, strateg va konsalting mutaxassisi.

O‘zbekistondagi yetakchi marketing tadqiqotlari va strategik konsalting kompaniyalaridan biri – MOREINFO’ning asoschisi va bosh direktori.

1996 yildan beri Ayjan Kasimbekova tadbirkorlar, CEO va yuqori menejment bilan ishlab, kompaniyalarga intuitsiyaga emas, balki ma’lumotlar va tahlilga asoslangan strategik qarorlar qabul qilish, marketingni tizim sifatida shakllantirish va biznes o‘sishini boshqarishga yordam berib kelmoqda.

2008 yildan beri trener va o‘qituvchi sifatida Ayjan Kasimbekova ta’lim jarayonida alohida instrumentlarga emas, balki qaror qabul qilish mantiqi, strategik marketing va biznes o‘sishini boshqarish masalalariga asoslangan yondashuvni o‘rgatadi.

EBRD dasturlari mentori, ESOMAR, Gallup International Association, CMC Central Asia a’zosi, shuningdek ESOMAR’ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili.

UJC kurslarida siz marketingga amaliy, qo‘llaniladigan va strategik nuqtai nazar, real keyslar, ma’lumotlar hamda Markaziy Osiyo bozorlaridagi ko‘p yillik tajribaga asoslangan bilimlarni olasiz.

Siz marketingga mablag‘ kiritasiz, reklama ishga tushirasiz, turli vositalarni sinab ko‘rasiz – ammo marketing boshqariladigan natija bermayaptimi?

Muammo vositalarda emas.
Muammo – marketing poydevorining yo‘qligida.

Bu kurs marketingni SMM, reklama va tasodifiy harakatlar yig‘indisi sifatida emas, balki yaxlit tizim sifatida tushunishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.

Bu kurs kimlar uchun haqiqatan ham zarur?

✔ kichik va o‘rta biznes egalari
✔ tadbirkorlar va startapchilar
✔ tizimli marketing ta’limiga ega bo‘lmagan marketologlar
✔ marketing jarayonlariga jalb qilingan menejerlar va rahbarlar


Agar siz:

  • marketologlarga nimaga pul to‘layotganingizni tushunishni,
  • qarorlarni sezgi emas, ma’lumotlarga asoslanib qabul qilishni,
  • biznes uchun haqiqatan ishlaydigan marketingni yo‘lga qo‘yishni istasangiz – bu kurs aynan siz uchun.

Kursda nimalar bo‘ladi?

5 kun davomida biz quyidagilarni tahlil qilamiz:

  • marketing nimadan boshlanadi – bozor va mijozni o‘rganishdan
  • bozor va raqobatchilarni qanday tahlil qilish kerak
  • SWOT va PESTLE nima va ular biznesga nima uchun kerak
  • strategiya, segmentatsiya va pozitsiyalash qanday shakllantiriladi
  • 12P marketing modeli nima
  • biznes uchun haqiqatan muhim bo‘lgan metrikalar qaysilar

Hech qanday “suvsiz”.
“Chiroyli” so‘zlarsiz.
Faqat mantiq, tuzilma va amaliyot.

Ta’lim formati
- Executive classroom
- Markaziy Osiyo biznesining real keyslari
- Amaliy topshiriqlar
- Guruhiy muhokamalar
- Har bir ishtirokchi uchun tarqatma materiallar


Kurs natijasi

Kurs davomida va undan so‘ng siz:

  • marketing qanday ishlashini A dan Z gacha, uni yaxlit tizim sifatida tushunasiz,
  • bozor, mijoz va raqobatchilarni tahlil qilishni o‘rganasiz,
  • asosiy marketing strategiyasini shakllantira olasiz,
  • biznes uchun muhim marketing metrikalarini tushunasiz,
  • dastlabki boshqariladigan marketing qarorlarini qabul qila olasiz.

Marketing – bu vositalar haqida emas.
Marketing – bu tafakkur va qarorlar haqida.

Agar siz mustahkam marketing poydevorini yaratishga tayyor bo‘lsangiz – FOUNDATION kursiga xush kelibsiz.

Sertifikat
Kursni tugatgandan so‘ng ishtirokchilar o‘qishni tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘ladilar.

Aloqa uchun:
Sarvar Aliev
Tel.: (998-78) 120-73-94/95
Email: sarvar@ujc.uz