
Yaponiyaga biznes safari. Kaizen-tur
Yaponiyaga biznes safari. Kaizen-tur
Hurmatli tadbirkorlar va biznes rahbarlari!
Sizni Kaizen-tur dasturida ishtirok etishga taklif qilamiz. Safar 27-noyabrdan 5-dekabrgacha Yaponiyada bo‘lib o‘tadi.
Bu safar rahbarlar va kompaniya egalari uchun mo‘ljallangan. Maqsad – Yaponiyada ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni o‘rganish.
Nima uchun ishtirok etish kerak?
Safarda siz:
- biznesni raqobatbardosh qilish yo‘llarini ko‘rasiz;
- xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni soddalashtirish tajribasini olasiz;
- Kaizen falsafasi asosida kompaniya madaniyatini rivojlantirishni o‘rganasiz.
Safar davomida Tokio, Osaka, Nagoya va Kioto shaharlariga tashrif buyuramiz.
Dasturda nimalar bor?
- Toyota Engineering Company (TEC) – Toyota ishlab chiqarish tizimi bo‘yicha trening.
- Toyota muzeyi – ishlab chiqarish tarixini o‘rganish.
- Yapon kompaniyalari va rahbarlari bilan uchrashuvlar.
- IREX 2025 robototexnika ko‘rgazmasi – dunyodagi eng yirik forum.
- Netvorking – yangi biznes aloqalar.
- Madaniy dastur – Kioto bo‘ylab sayohat.
Kimlar uchun?
- Yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari
- Kompaniya egalari va asoschilari
- Strategik qaror qabul qiladigan menejerlar
Safar dasturi (qisqacha)
26-noyabr – Toshkentdan uchish
27-noyabr – Osakaga kelish, joylashish
28-noyabr – Dastlabki sessiya, kompaniyaga tashrif
29-noyabr – Kioto orqali Nagoyaga yo‘l, joylashish
30-noyabr – Toyota muzeyiga tashrif, bo‘sh vaqt
1-dekabr – TEC treningi, Tokioda joylashish
2-dekabr – Kompaniyaga tashrif, shaxsiy uchrashuvlar
3-dekabr – Netvorking va kompaniya tashrifi
4-dekabr – IREX 2025 ko‘rgazmasi, bo‘sh vaqt
5-dekabr – Aeroportga transfer, Toshkentga qaytish
Narxi: 47 000 000 so‘m
Sayohatga ariza berish uchun havola: https://form.ujc.uz/japan2025_kaizen/
Narx ichiga kiritilgan:
- Mehmonxona (nonushta bilan)
- Aeroport-mehmonxona transferlari
- Transport (shu jumladan shinkansen chiptalari)
- Kompaniyalarga tashriflar
- Madaniy dastur chiptalari
- Yaponiyada tibbiy sug‘urta
- Viza bo‘yicha yordam
Alohida to‘lanadi:
- Xalqaro aviachipta
- Shaxsiy xarajatlar
- Oziq-ovqat
Viza uchun kerakli hujjatlar:
- 2 ta anketa (ingliz tilida)
- 2 ta rasm (3,5x4,5 sm, oq fonda)
- Pasport va A4 nusxasi
- Ish joyidan ma’lumotnoma (lavozim, maosh, ish staji ko‘rsatilgan)
- Komandirovka buyrug‘i (rahbar imzosi va muhr bilan)
- Aviachipta broni (muhri bilan)
Aloqa uchun:
Sarvar Aliev
Tel.: (998-78) 120-73-94/95
Telegram: (+998) 90 326 62 34 (faqat xabarlar uchun)
Email: unatalya@ujc.uz
© 2001 - 2024 UJC.