Strategik rejalashtirish: G‘oyadan amalgacha


SM-SEPTEMBER WEB.jpg


O’zbekiston-Yaponiya markazi sizni
«Strategik rejalashtirish: G‘oyadan amalgacha» kursiga taklif etadi.


Sana: 23-25 sentabr 2025 y., 18:45 — 21:45
Trener: Akifumi Nakanishi
Oflayn formatda
Kurs ingliz tilida, o'zbek tiliga tarjima bilan bo'lib o'tadi
Narxi: 1 200 000 so’m
Ommaviy oferta: https://cab.ujc.uz/~D7AOl


Kurs mazmuni va maqsadlari:
Raqamlashtirilgan jamiyatning shakllanishi va global raqobatning kuchayib borayotganini inobatga olgan holda, kompaniyalar aniq strategik qarash asosida tezroq qarorlar qabul qilishlari va resurslarni oqilona taqsimlashlari talab etiladi. Bu kurs global pandemiyadan keyingi davrni oldindan ko‘ra oladigan aniq strategik yondashuv asosida samarali strategik rejalashtirish va uni amalga oshirish uchun amaliy asoslarni taqdim etadi.

Dars mazmuni:

Dunyo miqyosida kompaniyalarni strategik boshqarish va samarali, oqilona yuritish amaliyotlariga asoslanib, ushbu kurs quyidagi 3 asosiy yo‘nalishga alohida e’tibor qaratadi:

  • korporativ falsafani aniqlab olish (ya’ni: vizyon, missiya, qadriyatlar, CREDO;

  • tashqi va ichki tahlillarga asoslanib amaliy strategiyalar ishlab chiqish;

  • tashkilot maqsadlariga erishish uchun jarayonni monitoring qilish.

Kurs davomida real biznes olamida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida amaliy holatlar taqdim etiladi.

Maqsadli ishtirokchilar:

  • Yosh bosh direktorlar (CEO), boshqaruvchi direktorlar, kompaniya boshqaruv kengashi a’zolari;

  • Bo‘lim boshliqlari, menejerlar va shunga o‘xshash lavozimdagi xodimlar;

  • Tajriba kamroq bo‘lgan tadbirkorlar, loyiha menejerlari va boshqa tegishli manfaatdor tomonlar;

  • Davlat xizmatchilari, NNT / NHT (nodavlat / notijorat tashkilot) vakillari, sanoat uyushmalari va boshqalar.

Shuningdek, shu kabi kurslarda qatnashgan, lekin bilim va tushunchalarini qayta ko‘rib chiqmoqchi yoki mustahkamlashni istaganlar.

Maqsadlar:
Turkumli muhokamalar va mashqlar orqali ishtirokchilardan quyidagi natijalarga erishish kutiladi:

  1. Tashkilotlari uchun aniq vizyon, missiya va qadriyatlarni shakllantirish
  2. Mos raqobatbardosh va o‘sish strategiyalarini ishlab chiqish
  3. Dinamik muhitda strategiyalarni kuzatish va moslashtirish mexanizmlarini yaratish

Kurs jadvali va dasturi

1-KUN

  • Kirish

  • Strategik rejalashtirish nima? Realistik strategik reja tuzish uchun zaruriy shartlar

  • Aniq korporativ falsafani belgilash: vizyon, missiya, qadriyatlar, CREDO va boshqalar

  • Ichki va tashqi tahlil: resurslar, asosiy ustunliklar, SWOT, PESTLE, pozitsiyalash va boshqalar

Mashqlar, Savol-javoblar

2-KUN

  • Strategiyani shakllantirish: maqsadlar, vazifalar ва strategik tanlovlar

  • Mos strategik maqsadlarni belgilash va samarali boshqaruv, SMART yondashuvi

  • Biznesni diversifikatsiya qilish ва differentsiatsiya strategiyalari

  • Muvaffaqiyat uchun muhim omillarni belgilash: KSF, KGI, KPI

Mashqlar, Savol-javoblar

3-KUN

  • Strategiyani amalga oshirish ва ҳаракат режаси: resurs taqsimoti, risklarni boshqarish, favqulodda holatlarga tayyorgarlik ва бошқалар

  • Resursga asosланган yondashuv, qadriyat zanjiri, KIJ (CSR)/YTI (ESG), BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)

  • Real strategiyalarni monitoring qilish, baholash ва yangilash: yo‘l xaritalari

  • Raqamli davrga moslashish: raqamlashtirish vs. raqamli transformatsiya (DX/DT)

Mashqlar, Savol-javoblar, yakuniy xulosa

Sertifikat
Kursni tugatgandan so‘ng ishtirokchilar o‘qishni tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘ladilar.

Aloqa uchun:
Sarvar Aliev
Tel.: (998-78) 120-73-94/95
Email: sarvar@ujc.uz