
Professional Menejment Dasturi (PMP)
Professional Menejment Dasturi (PMP) — bu to‘rt oylik intensiv mini-MBA dasturi bo‘lib, biznes boshqaruvi bo‘yicha ta’limni nazarda tutadi. Birinchi PMP dasturi 2001-yilda tashkil etilgan va bugungi kunga qadar 2600 dan ortiq tinglovchi ushbu ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan.
Dastur zamonaviy ishbilarmon inson uchun biznes muammolarini samarali hal etish, tashkilot maqsadlariga erishish uchun optimal qarorlar qabul qilishda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni beradi. Kurslar mazmuni doimiy ravishda yangilanib boriladi, bu esa zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
PMP dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekistonda keng tanilgan va sifatli biznes ta’limi kafolati sifatida e’tirof etilgan sertifikat taqdim etiladi.
Ta’lim davomida siz:
- raqobat muhitida biznesning strategik ko‘rinishini shakllantirasiz
- kompaniyangizdagi biznes jarayonlarini ishlab chiqasiz yoki takomillashtirasiz
- mavjud bilimlaringizni tizimlashtirib, ularni to‘ldirasiz
- harakatlar bo‘yicha operativ reja ishlab chiqasiz
- Professional aloqalaringizni kengaytirasiz, yangi do‘stlar va ehtimoliy hamkorlar orttirasiz
- O‘zbekistonning iqtidorli, maqsad sari intiluvchan, hozirgi va kelajakdagi lider va menejerlar hamjamiyatiga qo‘shilasiz
- rivojlanish va o‘z ustingizda ishlash uchun kuchli turtki olasiz
PMP dasturining maqsadi – tinglovchilarga kelajakda o‘z biznesini tashkil etish yoki mavjud korxonasida boshqaruv faoliyatini yaxshilash imkonini beruvchi boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishdir. PMP dasturida ta’lim olish – shaxsiy rivojlanish va martaba o‘sishi salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.
Format: kechki (fors-major holatlarida darslar onlayn yoki aralash shaklda o‘tkazilishi mumkin).
Ta’lim tili: o’zbek tili. Yaponiya professorlarining ma’ruzalari o’zbek tiliga tarjima qilinadi. Tarqatma materiallar o’zbek tilida taqdim etiladi.
Darslar kuni va vaqti:
Dushanba – juma (haftasiga 5 kun)
Kechki guruh: 18:45 – 21:45
Darslar boshlanishi 2025-yil 13-oktabrga rejalashtirilgan.
Qabul tartibi
Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Kamida 3 yillik ish tajribasi
1. Matematika va mantiq bo‘yicha test
Test davomiyligi — 60 daqiqa
Savollar soni — 20
Muvaffaqiyatli topshirish uchun kamida 10 ta savolga to‘g‘ri javob berish lozim.
Testda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Test sanalari:
Ro‘yxatdan o‘tish guruhlar to‘lishi bilan ochiladi!
- 8-avgust (payshanba): https://form.ujc.uz/pmp48_mathtest0808/
- 19-avgust (seshanba): https://form.ujc.uz/pmp48_mathtest1008/ (ro‘yxatdan o’tish 8-avgust ochiladi)
- 26-avgust (seshanba): https://form.ujc.uz/pmp48_mathtest2608/ (ro‘yxatdan o’tish 19-avgust ochiladi)
Ro‘yxatdan o‘tganingiz tasdiqlanishi sizning elektron pochtangizga yuboriladi.
Matematika va mantiq bo‘yicha sinov testini yuklab olish: https://cab.ujc.uz/~wIpwJ
Agar birinchi urinishda yetarli ball to‘play olmasangiz, sizda bir marta qayta topshirish imkoniyati mavjud. Taklifnoma alohida yuboriladi.
2. So‘rovnoma to‘ldirish
Testni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlarga so‘rovnoma havolasi yuboriladi.
Hujjatlar ro‘yxati:
- Onlayn to‘ldirilgan anketa
- Pasport nusxasi yashash manzili (propiska) bilan (JPEG yoki PDF formatda) yoki ID kartaning ikki tomonlama nusxasi
- Mehnat daftarchasi nusxasi (JPEG yoki PDF) yoki elektron ko‘rinishi
- Rasm (JPEG formatda, rangli, 3x4 o‘lchamda, oq fon)
! Ushbu bosqichda hujjatlarning mavjudligi, anketaning to‘liq to‘ldirilgani va esse savollariga berilgan javoblar baholanadi.
3. Suhbat
So‘rovnoma bosqichini muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar suhbatga taklif qilinadi. Suhbatlar Zoom platformasida onlayn o‘tkaziladi.
Suhbatlar 2025-yil 8 – 12-sentabr oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
4. To‘lov
To‘liq kurs narxi (100% oldindan to‘lov sharti bilan):
- Kechki guruh (18:45 — 21:45) — 11 500 000 so‘m
To‘lov dastur boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.
To‘lovlar qabul qilish 22 – 30-sentabr 2025-yil oralig‘ida rejalashtirilgan.
Dastur haqida to‘liq ma’lumot: https://cab.ujc.uz/~f5h0f
Aloqa:
📧 Email: pmp@ujc.uz
📞 Tel: (+998 71) 235-13-28, (+998 78) 120-73-94/95
📱 Telegram: (+998) 90 326 62 34 (faqat xabarlar uchun)
© 2001 - 2024 UJC.