Oflayn kurs: "HR - Iste'dodli xodimlarni rivojlantirish va saqlab qolish"


HR WEB 1.jpg



O’zbekiston-Yaponiya markazi sizni

«HR - Iste'dodli xodimlarni rivojlantirish va saqlab qolish» kursiga taklif etadi.


Sana: 19 – 21 avgust 2025 y., 18:45 — 21:45
Oflayn formatda
Kurs ingliz tilida, o'zbek tiliga tarjima bilan bo'lib o'tadi
Narxi: 1 200 000 so’m
Ommaviy oferta: https://cab.ujc.uz/~D7AOl


Lektor: Kyoko Yamadzaki

Ma’lumoti
Fan nomzodi. Menejment yo‘nalishida Kobe Universitetining Biznes Boshqaruvi Oliy Maktabida tahsil olgan. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: “Shaxs va tashkilot o‘rtasidagi moslik va nomoslik dinamikasi”. Tsukuba Universitetida Menejment bo‘yicha MBA darajasiga ega, Shuningdek, Tizimli Menejment Oliy Maktabining Magistrlik dasturini tamomlagan.

Ish tajribasi
2016-yildan boshlab Yaponiyaning Gakushuin Universitetida taklif etilgan professor. 2019-yildan boshlab Vetnam Tashqi Savdo Universitetida taklif etilgan professor. Menejment Akademiyasi a’zosi. Yaponiya Kadrlar Boshqaruvi Jamiyati ijrochi direktori. Reuters Japan, General Motors Japan va Hermes Japan kompaniyalarida inson resurslarini boshqarish sohasida ishlaganidan so‘ng, Dr. Yamadzaki Tsukuba Universitetining Biznes Fanlari Oliy Maktabida MBA darajasini va Kobe Universitetining Biznes Boshqaruvi Oliy Maktabida Fan nomzodi darajasini olgan. So‘ngra, hozirgi lavozimiga kirishgan. 2008-yildan beri inson resurslarini boshqarish fanidan dars berib keladi va shu davr ichida JICA Yaponiya markazining eksperti sifatida Mo‘g‘uliston, Vetnam, Myanma, Laos, Kambodja, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda ishlagan. Bundan tashqari, 2019-yildan boshlab HRM (inson resurslarini boshqarish) o‘qitish metodikalarini joriy etish bo‘yicha supervayzer etib tayinlangan.Kyoko Yamadzaki

Xulosa va Maqsadlar:

  • Bugungi tez o‘zgarayotgan biznes muhitida tashkilot salohiyatini oshirmasdan raqobatchilardan ustun bo‘lish imkonsizdir.

  • Tashkilot salohiyatini rivojlantirish uchun xodimlarning individual salohiyati hamda jamoa salohiyati zarurdir.

  • Individual salohiyatni oshirish uchun xodimlarning ko‘nikmalari va motivatsiyasini kuchaytirish lozim.

  • Bundan tashqari, yuqori natijalarga erishayotgan xodimlarning kompaniyani tark etishining oldini oladigan jozibali tashkilot madaniyati ham zarur.

  • Jamoa salohiyatini oshirishda yetakchilik (liderlik) muhim rol o‘ynaydi.

  • Ushbu kursning maqsadi — individual va jamoaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali samaral i boshqaruv strategiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkilot salohiyatini shakllantirishdir.

Dars mazmuni

  • Raqobatchilar bilan solishtirganda tashkilot salohiyatini tahlil qilish

  • Individual salohiyatni rivojlantirish

  • Kadrlarni ushlab qolish choralari

  • Jamoa va tashkilotni rivojlantirish

  • Liderlik

Kim uchun: Kichik va o‘rta biznes (KOB) bosh direktori, HR menejer, HR direktor

Natijalar:

  • Individual salohiyatni oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallaysiz.

  • Tashkilot salohiyatini rivojlantirish usullarini o‘rganasiz.


O’quv rejasi va jadvali
Kun1. Tashkilot salohiyatini raqobatchilar bilan solishtirish.
          Individual salohiyatni rivojlantirish (trening, fikr-mulohaza, kouching, amaliy o‘rganish).
Kun 2. Kadrlarni ushlab qolish choralari (xodimlar faolligi so‘rovlari, tashkilot madaniyati).
Kun 3. Jamoa va tashkilotni rivojlantirish.
          Liderlik.



Sertifikat
Kursni tugatgandan so‘ng ishtirokchilar o‘qishni tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘ladilar.

Aloqa uchun:
Sarvar Aliev
Tel.: (998-78) 120-73-94/95
Email: sarvar@ujc.uz