
Biznes Menejment Dasturi
Biznes Menejment Dasturi-ga qabul ochiq!
Davomiyligi: 28-iyun – 31 avgust (10 hafta ichida 8 ta modul)
Vaqti: 10:00 dan 17:30 gacha (har shanba va yakshanba kunlari)
Narxi: 9 900 000 so’m
Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://form.ujc.uz/Biznes_Menejment_Dasturi/
Ommaviy oferta: https://cab.ujc.uz/~D7AOl
⚠️Trening har shanba va yakshanba kunlari soat 10:00dan 17:30ga qadar OFFLAYN formatda bo’lib o’tadi (tanaffus, tushlik vaqti: 13:00 – 14:30).
Darslar o’zbek tilida bo’lib o’tadi. Yaponiyalik mutaxassisning darslari o’zbek tiliga tarjima qilinadi. Tarqatma materiallar o’zbek tilida beriladi.
Kursga to’lov oldindan amalga oshiriladi.
🔝 Ushbu dasturda siz quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahsil olasiz:
Modul 1. KAIZEN – Mitsuo Tamada – 28 – 29 iyun
Modul 2. Marketing – Diyor Mirzaaxmedov – 5 – 6 iyul
Modul 3. Inson resurslarini to’g’ri boshqarish (HRM) – Kozimxon To’rayev – 12 – 13 iyul
Modul 4. Sotuvlar – Xasan Mamasaidov – 19 – 20 iyul
Modul 5. Yetakchi tadbirkorlardan master klasslar 26 - 27 iyul
Modul 6. Moliya boshqaruvi - Nodira Abdullayeva - 2 – 3 – 9 – 10 avgust
Modul 7. Loyiha boshqaruvi - Durbek Muxamedov - 16 – 17 avgust
Modul 8. Muammolarni boshqarish - Durbek Muxamedov - 23 – 24 – 30 – 31 avgust
Kurs maqsadlari:
- Ishtirokchilarga zamonaviy biznes boshqaruvi, strategik fikrlash va samarali qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
- Mahalliy va xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun zaruriy bilim va amaliy tajribani taqdim etish.
- Tadqiqot asosida innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va ularni o‘z biznesida qo‘llashga o‘rgatish.
- Tarmoq yaratish (networking) va ilg‘or tadbirkorlar bilan tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish.
Kurs natijalari:
- Ishtirokchilar o‘z bizneslarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadilar.
- Moliyaviy tahlil, marketing va inson resurslarini boshqarish (HRM) bo‘yicha amaliy bilim va vositalarni egallaydilar.
- Bozor ehtiyojlari va tendensiyalarini tahlil qilish orqali o‘z biznesida innovatsion yechimlarni joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
- Muloqot va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirib, biznes muzokaralarida muvaffaqiyatli bo‘lishadi.
- Kurs yakunida har bir ishtirokchi o‘zining biznes rivojlantirish uchun aniq Action Plan (harakatlar rejasi)-ni ishlab chiqadi.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://form.ujc.uz/Biznes_Menejment_Dasturi/
Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.
Aloqa uchun:
E-mail: sarvar@ujc.uz
Telefon: (78) 120-73-94 /95
Telegram: @AlievSarvar
© 2001 - 2024 UJC.