O'smirlar uchun "Yapon tiliga kirish kursi"


o'smirla 11.PNG



Farzandingiz anime, manga va Yaponiya madaniyatiga qiziqadimi? Uning qiziqishini kelajagi uchun foydali bilim va ko‘nikmalarga yo‘naltiring!

UJC Yapon tili va madaniyati maktabi sizni aynan o‘smirlar uchun maxsus ishlab chiqilgan "Yapon tili kirish kursi"ga taklif etadi.

Kurs ishtirokchilarini nimalar kutmoqda?
✅ Yapon yozuvining asoslarini o‘rganish: Hiragana va Katakana
✅ Jonli muloqot amaliyoti: o‘zi va oilasi, do'stlari, qiziqishlari haqida yapon tilida gapira olish
✅ Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishish

📅 Kurs muddati: 22-iyul – 28-avgust
🕒 Dars vaqti: 15:40–17:00
📚 Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma
👥 Yosh: 13–17 yosh
💰 Kurs narxi: 600 000 so‘m

✨ UJCda ta'lim olishning afzalliklari:
✅ Yuqori ta'lim standartlari: Mashg‘ulotlarni Yaponiya va O‘zbekistonning tajribali mutaxassislari zamonaviy hamda sinovdan o‘tgan metodikalar asosida olib boradilar.
✅ Madaniy yondashuv: Biz faqat grammatika o‘rgatmaymiz - yapon xalqining madaniyati, odob-axloqi va qadriyatlarini tushunishingizga yordam beramiz.
✅ Qulay o‘quv muhiti: Haftasiga 3 marta tashkil etilgan darslar asosiy o‘qish yoki ish faoliyatiga xalaqit bermasdan o'quv materialni samarali o‘zlashtirish imkonini beradi.

Yuqori sifatli ta'lim va har bir tinglovchiga individual e'tibor berish maqsadida guruhlardagi o‘rinlar soni cheklangan.

Yangi imkoniyatlar sari UJC bilan birgalikda qadam tashlang!

🔗 Kursga ro‘yxatdan o‘tish

📹@ujcschool
🧑‍💻@ujcschool

🌐 www.ujc.uz
☎️ +99878120-73-94
☎️ +99878120-73-95