Bolalar uchun "Yapon tiliga kirish kursi"
🎌 UJC Yapon tili va madaniyati maktabi sizni yangi bolalar uchun "Yapon tiliga kirish kursi"ga taklif etadi!
Ushbu kurs yuqori akademik sifat, Yaponiya madaniyatiga chuqur sho‘ng‘ish va farzandingizning intellektual kelajagiga qilingan eng yaxshi sarmoyani o‘zida mujassam etadi.
Kurs ishtirokchilarini nimalar kutmoqda?
✅ Yapon yozuvining asoslarini o‘rganish: Hiragana va Katakana
✅ Jonli muloqot amaliyoti: o‘zi, qiziqishlari va do‘stlari haqida yapon tilida gapira olish
✅ Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishish
📅 Kurs muddati: 22-iyul – 28-avgust
🕒 Dars vaqti: 14:00–15:20
📚 Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma
👧👦 Yosh: 9–12 yosh
💰 Kurs narxi: 600 000 so‘m
✨ UJCda ta'lim olishning afzalliklari:
✅ Yuqori ta'lim standartlari: Mashg‘ulotlarni Yaponiya va O‘zbekistonning tajribali mutaxassislari zamonaviy hamda sinovdan o‘tgan metodikalar asosida olib boradilar.
✅ Madaniy yondashuv: Biz faqat grammatika o‘rgatmaymiz - yapon xalqining madaniyati, odob-axloqi va qadriyatlarini tushunishingizga yordam beramiz.
✅ Qulay o‘quv muhiti: Haftasiga 3 marta tashkil etilgan darslar asosiy o‘qish yoki ish faoliyatiga xalaqit bermasdan o'quv materialni samarali o‘zlashtirish imkonini beradi.
Yuqori sifatli ta'lim va har bir tinglovchiga individual e'tibor berish maqsadida guruhlardagi o‘rinlar soni cheklangan.
Yangi imkoniyatlar sari UJC bilan birgalikda qadam tashlang!
🔗 Kursga ro‘yxatdan o‘tish
📹@ujcschool
🧑💻@ujcschool
🌐 www.ujc.uz
☎️ +99878120-73-94
☎️ +99878120-73-95
© 2001 - 2026 UJC.