Yapon tili kursi - 13 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun!


Яп.яз (юношеская группа) web uz.jpg


Farzandingiz anime, manga va Yaponiya madaniyatiga qiziqadimi? Uning bu qiziqishini kelajak uchun foydali bilimga aylantiring!

O‘zbekiston-Yaponiya Markazi (UJC) o‘smirlar uchun maxsus ishlab chiqilgan yapon tili boshlang‘ich kursiga qabul e’lon qiladi.

Kurs davomida sizni nimalar kutmoqda?

• Yapon yozuvlari (Xiragana, Katakana va boshlang‘ich Kanji)ni mukammal o‘rganish;

• Kundalik hayotda kerakli bo‘lgan jonli so‘zlashuv amaliyoti;

• Zamonaviy Yaponiya hayoti, anime va trendlar orqali tilni qiziqarli o‘rganish.

Kurs davomiyligi: 9-iyundan 27-avgustgacha (12 hafta)

Dars kunlari: seshanba va payshanba (haftada 2 marta)

Dars vaqti: 14:00 – 15:00

Jami: 24 ta dars

Kurs narxi: 500 000 so‘m (1-oy uchun)

Kursimiz noldan boshlovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslar qiziqarli interaktiv o‘yinlar va zamonaviy metodika asosida o‘tiladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun  👈🏻