Joriy yilning 25-29 may kunlari Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida Yaponiyaning O’zbekistondagi madaniyati kunlari bo’lib o’tadi.
Ushbu loyihaning tashkilotchilari: O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyi, O’zbekiston-Yaponiya markazi va «O’zbekiston-Yaponiya» do’stlik jamiyati.

Yaponiya madaniyati kunlari doirasida an’anaviy yapon kimonosi, ayollar belbog’i – «obi», yapon yelpig’ichi, qo’g’irchoqlar va yapon taomlari ko’rgazmalari taqdim etiladi.
Shuningdek, Yaponiyaning an’anaviy xattotlik san’ati – shodo, choy marosimi, sumie, kirie (yapon aplikatsiyasi), yapon shirinliklarini tayyorlash va yapon tili bo’yicha mahorat darslari va namoyishlar bo’lib o’tadi.
Barcha yapon madaniyatining ixlosmandlari va muxlislarini usbu tadbirga taklif qilamiz.