O‘zbekiston – Yaponiya Markazi yapon tilini o‘rganishni davom ettiruvchilar uchun yapon tili kurslariga qabul boshlanganini e’lon qiladi!

Tinglovchilar yoshi:
10 yosh va undan yuqori

Hujjatlarni qabul qilish muddati:
5 yanvar (seshanba) – 8 yanvar (juma)
10:00-13:00/14:00-17:00

Kerakli hujjatlar va qabul qilish shartlari:
1. Oʻqish uchun ariza toʻldirish (1 dona 3×4 rasm )
2. 1 dona pasport nusxasini topshirish (pasport nusxasida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida roʻyxatdan oʻtganlik haqidagi muhr boʻlishi lozim)

Kirish imtihoni 11 yanvar (dushanba) soat 16:00~17:00 da bo’lib o’tadi.

Kurs to’lov miqdori:
600 000 soʻm 3 oy uchun

*Kurslar 2021 yilning 13-14-yanvaridan boshlanadi.
*Voyaga yetmaganlar ota yoki onasining pasport nusxasi va tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasini topshirishlari lozim
*Toshkent shahri yoki Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtmaganlar, Toshkentda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi hujjat yoki ish, oʻqish joylaridan ma’lumotnoma keltirishlari lozim

To‘liq ma’lumot uchun Markazga murojaat qiling:
Amir Temur ko‘chasi 107-B , XHM binosi, 6-qavat
Tel.: 71-235-1328, 71-235-5068
Mas’ul shaxs:
Yapon tili kurslari bo’limining mijozlar va jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha mutaxassisi – Shermatova Irodaxon