O‘zbekiston-Yaponiya Markazi  “Zoom” dasturi orqali  onlayn tarzda  yapon tilidan quyidagi kurslar bo‘yicha pulli guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazadi:

“Umumiy yapon tili” (Boshlang‘ich daraja 1)

1. Kurs nomi “Umumiy yapon tili ” (Boshlang‘ich daraja 1)
2. Kurs maqsadi Yapon tilining quyidagi muhim jihatlariga urg‘u beriladi: suhbatlashish; matnni o‘qish va ma’nosini anglash; tinglab tushunish; asosiy grammatik qoidalarni o‘rganish; iyerogliflarni tushunish, o‘qish va yoza olish
3. Talab qilinadigan bilim darajasi “Xiragana” alifbosining o‘qilishini bilish
4. Kurs davomiyligi 3 oy ( 1 oyda 8 ta dars, darslarning umumiy soni 24 ta)
5. Mashg‘ulot  kuni va vaqti Dushanba, Payshanba
A guruh – 11:30 – 12:30
B guruh – 16:00 – 17:00
6. O‘qituvchi Bahora Nasimova
7. Tinglovchilarning yoshi 14 yosh va undan yuqori
8. Kurs narxi 1 oy uchun  200 000 so‘m
9. O‘quv materiallari Yaponiya Fondi mutaxassisi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar hamda  «Minna no Nihongo 1» darsligi  (2013, Tokio, ISBN 9784883139-603-6S0081)
10. Baholash mezonlari
* Imtihon usuli tinglovchilar soniga qarab o‘zgarishi mumkin
Bir semestr davomida  o‘zlashtirilgan bilim darajasi kurs oxirida onlayn test orqali tekshiriladi:
1. grammatika bo‘yicha savollar (qo‘shimchalar, so‘zlar);
2. audiotopshiriqlar;
3. o‘tilgan  iyerogliflar bo‘yicha savollar;
4. matnni o‘qish va savollarga javob berish.

“Umumiy yapon tili” (Boshlang‘ich daraja 2)

1. Kurs nomi “Umumiy yapon tili” (Boshlang‘ich daraja 2)
2. Kurs maqsadi Yapon tilining  quyidagi  muhim jihatlariga urg‘u beriladi: suhbatlashish; matnni o‘qish va ma’nosini anglash; tinglab tushunish; asosiy grammatik qoidalarni o‘rganish; iyerogliflarni tushunish, o‘qish va yoza  olish.
3. Talab qilinadigan bilim darajasi “Minna no  Nihongo 1” darsligi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish
4. Kurs davomiyligi 3 oy ( 1 oyda 8 ta dars, darslarning umumiy soni 24 ta)
5. Mashg‘ulot  kuni va vaqti Dushanba, Payshanba
A guruhi – 11:30 – 12:30
B guruhi – 16:00 – 17:00
6. O‘qituvchi Yuldasheva Dilnoza
7. Tinglovchilarning yoshi 14 yosh va undan yuqori
8. Kurs narxi 1 oy uchun 200 000 so‘m
9. O‘quv materiallari «Minna no Nihongo 2» darsligi  2013 yil., Токiо, ISBN978-4-88319-646-3)
10. Baholash mezonlari
* Imtihon usuli tinglovchilar soniga qarab o‘zgarishi mumkin.
3 ta darsni tugatgandan so‘ng yozma imtihon  1-test 26-28 darslar bo‘yicha,  2-test 29-31 darslar bo‘yicha
Imtihonlarning  umumiy soni – 2 ta.

“Yapon tilida so‘zlashuv” kursi

1. Kurs nomi “Yapon tilida so‘zlashuv” kursi
2. Kurs maqsadi Kundalik hayotda yapon tilida so‘zlashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish
3. Talab qilinadigan bilim darajasi “Xiragana” alifbosini o‘qiy olish hamda yapon tili va madaniyatiga qiziqish
4. Kurs davomiyligi 3 oy ( 1 oyda 8 ta dars, darslarning umumiy soni 24 ta)
5. Mashg‘ulot  kuni va vaqti Dushanba, Payshanba
A guruh – 11:30 – 12:30
B guruh – 16:00 – 17:00
6. O‘qituvchi Shomahamedova Feruza
7. Tinglovchilarning yoshi 14 yosh va undan yuqori
8. Kurs narxi 1 oy uchun 200 000 so‘m
9. O‘quv materiallari «Маrugoto: Yapon tili va madaniyati» (boshlang‘ich daraja А1, 2013 y., Yaponiya Fondi, Yaponiya, ISBN978-4-384-05752-2 C0081)
10. Baholash mezonlari
* Imtihon usuli tinglovchilar soniga qarab o‘zgarishi mumkin.
Tinglovchilarning bilimlari kurs yakunida o‘tkaziladigan og‘zaki imtihon orqali baholanadi

“Bolalar uchun yapon tili” kursi

1. Kurs nomi “Bolalar uchun yapon tili” kursi
2. Kurs maqsadi Yapon tilida kundalik mavzularda muloqot qilsih  ko‘nikmalarini o‘zlashtirish (tanishish, mening oilam, sevimli mashg‘ulotlarim va boshqa mavzular)
3. Talab qilinadigan bilim darajasi Lotin alifbosini bilish
4. Kurs davomiyligi 1 oy ( 8 ta dars)
5. Mashg‘ulot kuni va vaqti Seshanba, Juma 11:30 – 12:30
6. O‘qituvchi Yuldasheva Dilnoza
7. Tinglovchilarning yoshi 9 yoshdan 13 yoshgacha
8. Kurs narxi 200 000 so‘m
9. O‘quv materiallari Yaponiya Fondi mutaxassisi  hamda Yapon tili kurslari bo’limi o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma
10. Baholash mezonlari
* Imtihon usuli tinglovchilar soniga qarab o‘zgarishi mumkin.
Kurs oxirida o‘zlashtirilgan bilimlarni tekshirish uchun “O‘zim  haqimda”  mavzusida gapirib bera olish talab etiladi

“Mening ilk qiziqarli  iyerogliflarim”

1. Kurs nomi  “Mening ilk qiziqarli  iyerogliflarim”
2. Kurs maqsadi Boshlang‘ich darajadagi  asosiy yapon tili  iyerogliflarini o‘rganish (o‘qish, yozish, ma’nosini  tushunish, shuningdek, eng samarali, tez, oson va zavq bilan yodlash usullari bilan tanishish)
3. Talab qilinadigan bilim darajasi Lotin alifbosida o‘qish va yoza olish
4. Kurs davomiyligi 1 oy ( 8 ta dars)
5. Mashg‘ulot  kuni va vaqti Seshanba, Juma 11:30 – 12:30
6. O‘qituvchi Bahora Nasimova
7. Tinglovchilarning yoshi 14 yosh va undan yuqori
8. Kurs narxi 200 000 so‘m
9. O‘quv materiallari Yaponiya Fondi mutaxassisi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar  hamda “Kanji Tamago”  ( 2012., Tokio, ISBN 9784893588319) darsligi
10. Baholash mezonlari
* Imtihon  usuli tinglovchilar soniga qarab o‘zgarishi mumkin
Kurs oxirida quyidagi mezonlar bo‘yicha onlayn test topshiriladi:
o‘tilgan iyerogliflarni bilish;     
iyerogliflarni o‘qiy olish;
iyerogliflarning ma’nosini tushunish;
iyerogliflarni to‘g‘ri yoza olish

“Boshlang‘ich yapon tilining 15 ta grammatik shakllari” kursi

1. Kurs nomi “Boshlang‘ich yapon tilining 15 ta grammatik shakllari” kursi
2. Kurs maqsadi Yapon tilining boshlang‘ich darajasida uchraydigan  grammatik shakllar bo’yicha bilimlarni mustahkamlash
3. Talab qilinadigan bilim darajasi Ma’lum darajada yapon tili boshlang‘ich darajasida uchraydigan grammatik shakllar haqida bilsa-da, o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashni istagan tinglovchilar uchun mo‘ljallangan
4. Kurs davomiyligi 1 oy ( 8 ta dars)
5. Mashg‘ulot  kuni va vaqti Seshanba, Juma 11:30 – 12:30
6. O‘qituvchi Shomahamedova Feruza
7. Tinglovchilarning yoshi 14 yosh undan yuqori
8. Kurs narxi 200 000 so’m
9. O‘quv materiallari Yaponiya Fondi mutaxassisi  hamda Yapon tili kurslari bo’limi o‘qituvchilari  tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma
10. Baholash mezonlari
* Imtihon  usuli tinglovchilar soniga qarab o‘zgarishi mumkin
Kurs oxirida o‘tilgan materiallar bo‘yicha yozma imtihon topshiriladi