O‘zbekiston-Yaponiya Markazi barcha yapon tili o‘rganuvchilarini onlayn kurslarga taklif etadi. Yapon tili kurslari “Zoom” dasturi orqali  onlayn tarzda quyidagi kurslar bo‘yicha mashg‘ulotlarini olib boradi. Onlayn mashg‘ulotlar 20 sentabr (dush.)dan boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 31 avgustdan – 9 sentabrgacha.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

“Umumiy yapon tili” (Boshlang‘ich daraja 1)

1.Kurs nomi“Umumiy yapon tili ” (Boshlang‘ich daraja 1)
2.Kurs maqsadiYapon tilining quyidagi muhim jihatlariga urg‘u beriladi: suhbatlashish; matnni o‘qish va ma’nosini anglash; tinglab tushunish; asosiy grammatik qoidalarni o‘rganish; iyerogliflarni tushunish, o‘qish va yoza olish
3.Talab qilinadigan bilim darajasi“Xiragana” alifbosining o‘qilishini bilish
4.Kurs davomiyligi1 yil (1 oyda 8 ta dars)
5.Mashg‘ulot  kuni va vaqtiDushanba, Payshanba
10:30 – 11:50
6.O‘qituvchiBahora Nasimova
7.Tinglovchilarning yoshi14 yosh va undan yuqori
8.Kurs narxi3 oy uchun  750 000 so‘m
9.O‘quv materiallariYaponiya Fondi mutaxassisi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar hamda  «Minna no Nihongo 1» darsligi  (2013, Tokio, ISBN 9784883139-603-6S0081)
10.Baholash mezonlari
* Imtihon usuli tinglovchilar soniga qarab o‘zgarishi mumkin
Har oyning oxirida o‘zlashtirilgan bilim darajasi kurs oxirida onlayn test orqali tekshiriladi:
1. grammatika bo‘yicha savollar (qo‘shimchalar, so‘zlar);
2. audiotopshiriqlar;
3. o‘tilgan  iyerogliflar bo‘yicha savollar;
4. matnni o‘qish va savollarga javob berish.

“Umumiy yapon tili 1” guruhi uchun ochiq darsda qatnashish uchun havola

Ochiq dars kuni va vaqti: 2021-yil 10-sentabr, 10:30 da

 

“Umumiy yapon tili” (Boshlang‘ich daraja 2)

1.Kurs nomi“Umumiy yapon tili” (Boshlang‘ich daraja 2)
2.Kurs maqsadiYapon tilining  quyidagi  muhim jihatlariga urg‘u beriladi: suhbatlashish; matnni o‘qish va ma’nosini anglash; tinglab tushunish; asosiy grammatik qoidalarni o‘rganish; iyerogliflarni tushunish, o‘qish va yoza  olish.
3.Talab qilinadigan bilim darajasi“Minna no  Nihongo 1” darsligi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish
4.Kurs davomiyligi1 yil (1 oyda 8 ta dars)
5.Mashg‘ulot  kuni va vaqtiDushanba, Payshanba
10:30 – 11:50
6.O‘qituvchiYuldasheva Dilnoza
7.Tinglovchilarning yoshi14 yosh va undan yuqori
8.Kurs narxi3 oy uchun  750 000 so‘m
9.O‘quv materiallari«Minna no Nihongo 2» darsligi  2013 yil., Токiо, ISBN978-4-88319-646-3)

Sizlarni onlayn darslarimizda kutib qolamiz!