6 va 7 aprel kunlari Yaponiya Elchixonasi Yaponiyadagi “Green Grass Roots» bilan birga, O’zbekiston-Yaponiya Markazi va “yapon choy marosimini o’rganuvchi Toshkentdagi birlashma» nomli choy klubi ko’magi ostida yapon an’anaviy choy marosimi haqidagi ma’ruza va uning namoyishini o’tkazadi.
Hozirgi kunda choy butun dunyoda ma’lum bo’lsa ham, lekin uning madaniyat rivojlanishiga ta’siri Yaponiya davlatidek yuqori bo’lmagan. Bu yerda choyning aynan bir turi “matcha”ni tayyorlanishi va u bilan mehmonlarni siylanishi qoidalari asosida chuqur ma’naviy-estetik distsiplinalar yotib, yapon rivojlanishini qamrab oluvchi ta’sir ko’rsatgan.

Choy marosimi namoyishi:
Sana va vaqti: 6 aprel, 16:00-17:00
Manzil: Yapon bog’i (mo’ljal: “International” mehmonxonasi)
Eslatma: kirish faqat taklifnoma bilan yoki O’zbekiston-Yaponiya Markazining 78-120-73-94/95 telefon raqamlari orqali avvaldan ro’yhatdan o’tish talab qilinadi.

Choy marosimi haqidagi ma’ruza:
Sana va vaqti: 7 aprel, 11:00
Manzil: O’zbekiston-Yaponiya Markazi
Eslatma: 78-120-73-94/95 telefon raqamlari orqali avvaldan ro’yhatdan o’tish talab qilinadi.

*OAV vakillari 78-120-80-76/60/61/62 raqamlari orqali Malika yoki Shaxrizoda bilan bog’lanib, avvaldan ro’yhatdan o’tishlari va korrespondentlikni tasdiqlovchi guvohnomalarini taqdim etishlari kerak.
* Ro’yhatdan o’tgan OAV vakillari tadbirda faqat kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
*OAVda 6 apreldan avval yoritilmasligini iltimos qilinadi.