Iyul oyida yaponlar sevgi haqida eslab, jilovdor bayram Tanabatani nishonlaydilar. Bu bayram asosida, ikki yulduz muhabbati haqidagi qadimgi Xitoy afsonasi yotadi: Lira (To`quvchhi) va Altair (Cho`pon yoki Valopas).

Afsonaga qaraganda, osmon qirolining qizi, otasi bilan birgalikda bulutlarni to`qiyotgan edi. Bir kuni u ishidan bo`shagan vaqtida, uzoqda bir barno cho`pon yigit – Valopasni ko`rib qoladi. Yoshlar bir-birini bir bor ko`rishdayoq sevib qolib, o`z ishlarini tashlaydilar. Bu esa qizning otasini g`azabini uyg`otadi. U sevishganlarni ajratishni buyurib, bir umrga Samon yo`lining ikki tarafi bo`ylab turishini buyuradi. Ular faqatgina yilda bir martda 7 iyul kuni, yulduzlar bir biriga eng yaqin kelgan kundagina ko`risha olar edilar. Ammo Samon yo`lidan ko`prik bo`lmaganligi sabab sevishganlar umidsizlikga tushadilar. Shunda bir to`da zag`izg`onlar ularga yordamga keladilar. Ular qanotlarini ochib bir qatorga chizilib ko`prik xosil qiladilar. Qadimdan Tanabata bayrami 7-oyning 7-kunida nishonlangan. Xozirgi kunda ham ushbu sana saqlanib qolgan. “Tanabata” so`zining ma’nosi ham “ettinchi kun” demakdir. Bayramning boshqa nomi ham mavjud – Hoshi matsuri, yoki Yulduzlar bayrami. Bu qadar go`zal afsona, ushbu bayramni ayniqsa qizlar orasida juda mashhur bo`lishiga sabab bo`lgan.

Bayram kuni uylar va bog`lar darvozalari oldida bambuk shoxlari o`rnatilib, uzun qog`oz – “tanzaku”ga niyatlarni bitilib, ushbu bambuk shoxlariga osib qoyiladi. Bu orqali sun’iy kalligraf yoki shoir bo`lish mumkin deb hisoblangan, chunki Tanabata shuningdek san’at homiysidir. Bayram so`ngida esa niyatlar bitilgan qog`ozlar osilgan bambuk shoxlarini, orzular ushalishi niyatida eng yaqin ko`lga tashlangan.