Agar Siz mustaqil yapon tilini o’rganayotgan bo’lsangizu tarjima qilishga bir oz qiynalayotgan yoki so’z boyligingizni boyitmoqchi bo’lsangiz, Markazimiz kutubxonasidagi lug’atlardan foydalanishingiz mumkin.

Mavjud bo’lgan lug’atlar:

-yapon-o’zbek-rus va o’zbek-yapon-rus lug’atlari;

-yapon-rus va rus-yapon lug’atlari, xususan KODANSHA va KENKYUSHA;

-qisqa yapon-rus lug’atlari;

-rus-yapon, yapon-rus cho’ntak lug’atlari;

-rus-yapon, yapon-rus katta lug’atlari;

-ierogliflar lug’ati, xususan KODANSHA;

-bolalar ingliz-yapon lug’atlari, CD bilan birga;

-Yapon tilida ko’p chalkashtiriladigan so’z va iboralarning qisqa ta’rifi lug’ati;

-Ierogliflarning yapon-ingliz lug’ati, The New Nelson;

-Katta lug’at-ma’lumotnoma. Yapon fe’llari,;

-Yaponiyaning geografik nomlarining o’qilishi lug’ati. Va boshqalar;

Undan ham qulaylikni istasangiz, Markazimizdagi elektron lug’atlarni foydalananishga olib turishingiz mumkin.

Bunday turli-tuman lug’atlar yordamida yapon tilini o’rganish – faqatgina yoqimli va unumlidir. Shuning uchun ham kutubxonamizga tashrif buyuring, o’zingizga qiziq va mos keladigan lug’atni tanlab, shug’ullaning. Agar Sizga elektron lug’atlar bilan ishlash ko’proq ma’qul kelsa, kutubxonamiz xodimasiga murojaat qiling. Sizga elektron lug’atdan Markazimiz hududida foydalanishga berishadi. Elektron lug’atlarni uyga olib ketishga berilmaydi.

Yaponiyani UJC orqali o’rganing!