19 aprel kuni O’zbekiston-Yaponiya Markazi sportga qiziquvchi barchani Shorinji Kempo 少林寺拳法 (yapon jang san’ati) mavzusida bo’lib o’tadigan namoyish darsiga taklif etadi. Ushbu tadbirni janob Matsumura Go olib boradi.

Shorinji Kempo 少林寺拳法 yapon yakkakurash san’ati bo’lib, u 1947 yil Kagava prefekturasida So Doshin tomonidan tadbiq etilgan. Ushbu sport elementlari karatega yaqin bo’lib, aykidoning elementlarini ham o’z ichiga oladi.

Bu ruh va tananing ajralmas va bir-biriga chambarchas bog’liqligi va jang san’ati amaliyoti orqali ruhning intizomiga qaratilgan degan fikrga asoslanadi.

  1. Shorinji Kempo jang san’ati tarixi
  2. Shorinji Kempo mahoratini namoyish
  3. Sodda tryuklar namoyishi