2019 yilning 4 dekabr kuni O’zbekiston-Yaponiya Markazi qoshidagi kompyuter kurslarining ishtirokchilari uchun yapon libosi – “Yukata” haqida ma’ruza va ushbu kiyimni kiyish bo’yicha mahorat darsi o’tkazildi. Ushbu tadbirda ishtirokchilar ”Yukata” kiyib ko’rish va ushbu kiyimda rasmga tushish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

“Yukata” – bu yengil va yupqa matodan tikilgan kimono turi. Yukata kiyish kimono kiyishga qaraganda oson va kimonoga nisbatan hamyonbopdir. Yukata uchun maxsus belbog’ni bejirim bant yoki bog’lam qilib belni orqasiga bog’laniladi. Yukatani hozirgi kunda dam olish vaqtida kiyishadi. Hozirgi kunda yukatani yozgi festival, sayr va ibodatxonalarga tashrif buyurishganida sevib kiyishadi.