O’zbekiston-Yaponiya Markazi (UJC) Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) ko’magida “Muvaffaqiyatning 50 tarihi» kitobini nashr etdi.

Ushbu nashrning asosiy qahramonlari – o`z biznesini yo’lga qo’ygan, yapon kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyor Professional Menejment Dasturi (PMP) bitiruvchilari. Ushbu kitob orqali Siz muvaffaqiyat sirlari, yapon menejmentining nozik qirralari, O’zbekistondagi kompaniyalarga Kaizen qo’llashning tajribalari, loyiha va mahsulot, rivojlantirishning va hamkorlikning istiqboli va rejalari, UJCda ta`lim olishning samaralarini bilib olasiz.

Ushbu kitob o`z biznesini tashkil qilmoqchi va rivojlantirmoqchi, uning samaradorligini oshirmoqchi, kasbida muvafaqqiyatga erishmoqchi, ish bo’yicha aloqa o’rnatmoqchi, UJCning biznes kurslarida ta`lim olmoqchi bo’lgan shaxslar uchun qiziq va foydali bo’ladi.

“Muvaffaqiyatning 50 tarihi” kitobi kutubxonamizda mavjud.