
Yapon tili kurslariga qabul
- Avgust 2, 2019
- 0
Yapon tili kurslarining boshlang‘ich va davom ettiruvchi guruhlarga arizalar qabuli 19 avgustdan 28 avgustga qadar boʻlib oʻtadi.
Qabul vaqti: 09:30-13:00/14:00-16:30
Boshlang’ich daraja kursga qabul qilish shartlari:
- Qabul arizasini toʻldirish (+1 dona 3×4 rasm)
- 1 dona passport nusxasi (passport nusxasida Toshkent shahri, yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtganlik qaydi aks etilishi lozim). 3. Kirish imtihonini topshirish. Imtihon topshirish standartlari qabulning birinchi kuni e’lon qilinadi.
- Markaz tomonidan taqdim etilgan uy vazifasi asosida imtihon topshirish.
* Arizalar faqat qabul vaqtida ko’rib chiqiladi.
**Voyaga yetmaganlar, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, hamda ota yoki onasining pasport nusxasini taqdim etishlari lozim.
***Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolar, ish yoki oʻqish joyidan maʻlumotnoma taqdim etishlari lozim.
Boshlang’ich guruhga 10 yoshdan yuqori boʻlganlar qabul qilinadi.
Kurs to‘lovi: 3 oy uchun 500 000 so‘m.
Davom ettiruvchilar uchun kursga qabul qilish shartlari:
- Qabul arizasini toʻldirish (+1 dona 3×4 rasm)
- 1 dona passport nusxasi (passport nusxasida Toshkent shahri, yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtganlik qaydi aks etilishi lozim).
- Kirish imtihonini topshirish. Imtihon topshirish standartlari qabulning birinchi kuni e’lon qilinadi.
* Arizalar faqat qabul vaqtida ko’rib chiqiladi.
**Voyaga yetmaganlar, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, hamda ota yoki onasining pasport nusxasini taqdim etishlari lozim. ***Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolar, ish yoki oʻqish joyidan maʻlumotnoma taqdim etishlari lozim.
Davom ettiruvchilar guruhiga 10 yoshdan yuqori boʻlganlar qabul qilinadi.
Kurs to‘lovi: 3 oy uchun 500 000 so‘m.