Yapon tili kurslari uchun boshlang‘ich  va davom ettiruvchi guruhlarga arizalar qabuli 23 dekabrdan 27 dekabrga qadar boʻlib oʻtadi.

Qabul vaqti: 09:30-13:00/14:00-17:00 Darslar seshanba va payshanba kunlari 15:30 dan 17:30 gacha yoki 18:20dan 20:20gacha bo’lib otadi Kurs to‘lovi: 3 oy uchun 600 000 so‘m etib belgilangan. Boshlang’ich guruhga 14 yoshdan yuqori boʻlganlar qabul qilinadi.

Boshlang’ich kursga qabul qilish shartlari:

  1. Qabul arizasini toʻldirish (+1 dona 3×4 rasm)
  2. 1 dona passport nusxasi (passport nusxasida Toshkent shahri, yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtganlik qaydi aks etilishi lozim***).
  3. Markaz tomonidan taqdim etilgan uy vazifasi asosida imtihon topshirish.
    * To’ldirilgan ariza shakllari faqat qabul davomida qabul qilinadi.
    ** Voyaga yetmaganlar, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, hama ota yoki onasining pasport nusxasini taqim etishlari lozim.
    *** Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolar, ish yoki oʻqish joyidan maʻlumotnoma taqdim etishlari lozim.

Davom ettiruvchilar uchun kursga qabul qilish shartlari:

  1. Qabul arizasini toʻldirish (+1 dona 3×4 rasm)
  2. 1 dona passport nusxasi (passport nusxasida Toshkent shahri, yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtganlik qaydi aks etilishi lozim).
  3. Kirish imtihonini topshirish. Imtihon topshirish normativlari qabulning birinchi kuni e’lon qilinadi.
    Bolalar guruhiga 10 yoshdan 13 yoshgacha boʻlganlar qabul qilinadi.
    Kurs to‘lovi: 3 oy uchun  600 000 so‘m etib belgilangan.