O’z davrida katta yutuqlarga erishgan, Kodak, Nokia va Polaroid kabi yirik kompaniyalar yetakchilik pozitsiyasini boy berib qo’yishining sabablaridan biri – o’z vaqtida kompaniya biznes modelini qayta ko’rib chiqmaganligi hisoblanadi.

Kompaniyaning muvaffaqiyati o’zi uchun eng munosib biznes modelni tanlashga bog’liq. Ushbu treningda taklif etilgan metodologiya yangi boshlovchi kompaniyalar uchun ham, o’z bizneslarini qayta qurishni va yangi marralarni zabt etishni istaganlar uchun ham qo’lllanma bo’ladi.

Trening davomida ishtirokchilar:

  • biznes modelning (9 ta) tarkibiy qismlari bilan tanishishga
  • keng qo’llaniladigan (15 xil) biznes modelning uslublarini o’rganishga
  • ushbu biznes modellar qanday paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini bilishga
  • qachon va qaysi uslubni qo’llash mumkinligini tushunishga muvoffaq bo’lishadi.

Davomiyligi: 5 kun, 18:45 – 21:40

O’tkaziladigan sanasi: 16 – 20 mart, 2020 yil

Narxi: 700 000 so’m

Registratsiya uchun ilova: http://bit.ly/2PgOiS4

Trener: Mehriniso Abdurazakova, ma’lumoti oliy – Toshkent Davlat Universiteti.

Ish faoliyati: MChJ «Azia candy» Marketolog (brend KANGO saqichlari)

MChJ «RASH-MILK» Marketolog (brend MOLLI, MIRO yogurtlari)

MChJ “Forus Elegant” Strategik rejalashtirish (Gipsokarton FORUS)

Shaxsiy biznes: “Forta Business Education” trening markazi rahbari.

UJC PMP O’zbekiston-Yaponiya Markazi biznes-treneri (o’rindoshlik asosida)

MChJ “Giperdorant” hamta’sischisi (antiperspirant Hyperdorant)

Sertifikat

Kurs yakunida ishtirokchilarga treningni muvaffaqiyatli tamomlaganligi to’g’risidagi sertifikat taqdim etiladi.

Registratsiya uchun ilova: http://bit.ly/2PgOiS4

Trening haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun, kursning koordinatori Nodirbek Abduraxmonovga ushbu telefon raqamlari orqali: (78)120-73-94/95, yoki elektron manzilga: nodirbek@ujc.uz murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: https://t.me/ujc_bc