2005 yil yanvar oyi oxirlarida O’zbekiston-Yaponiya Markazi (UJC) va O’zbekiston Respublikasi Kar va soqovlar uyushmasi hamkorligi asosida unikal ijtimoiy loyiha, ya’ni kar va eshitish nuhsoniga ega bo’lgan insonlarga mo’ljallangan kompyuter kurslari tashkil etildi.  Shu kungacha bo’lgan muddatda 1300 dan ortiq eshitish nuhsoniga ega bo’lgan insonlar ishbu kurslarni 4 bosqich bo’yicha tamomlagan bo’lib, ulardan 50% – eshitmaydigan, qolgan qismi esa turli eshitish nuhsonlariga ega bo’lgan insonlardir.

Kursning asosiy maqsadi – turli eshitish qobiliyati  nuhsoniga ega bo’lgan insonlarga kompyuter savodxonligi va ofis kompyuter ta’minoti, grafika redaktorlari, veb dizayn asoslari va kompyuter tarmoqlari bo’yicha ishlash asoslarini bepul bilim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu kabi bilimlar ushbu kurslarning bitiruvchilariga yangi ish topishga yoki egallagan lavozimidan ko’ra yanada yuqoriroq istiqbolga erishish imkonini beradi. Kurs o’qituvchilari ushbu kurs bitiruvchilari bo’lib, o’quvchilar bilan o’zaro til topisha oladigan, maxsus tayyorgarlikni o’tagan xodimlardir. Lektorlar leksiyaning umumiy mazmunini yozib, uni turli qo’l harakatlari bilan to’ldiradilar. O’quvchilar esa har bir stol yoniga o’rnatilgan maxsus monitorlarda o’qituvchining har bir harakatini kuzatib boradilar. Auditoriyalarda asosiy dars o’tuvchi lektor bilan birga assistent ham bo’lib, u har bir o’quvchiga alohhida barcha operatsiyalarni to’g’ri tushunib qabul qilishiga yordam beradi. Og’zaki tushuntirish kerak bo’lgan paytlarda esa, monitorlarda maxsus o’chib yonuvchi xabar orqali o’quvchilarning e’tibori jalb qilinadi va o’qituvchilar multimediya proektorlari orqali katta ekranda o’z harakatlarini barchaga ko’rsata oladilar.