O’zbekiston-Yaponiya Markazida eshitishda nuqsoni bor bolalar uchun kompyuter kurslarining quyidagi yo’nalishlari boshlandi:

  1. 1-daraja. Komyuter qurilmasi, Windows 7, Microsoft Word, Microsoft Excel va Internet.
  2. 3-daraja. Corel Draw – vektor grafikasi.

Kurs tugallangandan so’ng, har bir ishtirokchiga sertifikat topshiriladi. Rasmda 101-sonli maktab-internat o’quvchilarining 1-daraja yo’nalishidagi ilk mashg’ulotlari.

2005 yildan boshlab bizning kurslarimizni eshitish qobiliyatining nuqson darajasi turlicha bo’lgan 1400 dan ortiq inson tugallagan.