Набор на курсы японского языка для начинающих и продолжающих

Kurslarga qabul

Yapon tili kurslari uchun boshlang‘ich  va davom ettiruvchi guruhlarga arizalar qabuli 3 dekabrdan 11 dekabrga qadar boʻlib oʻtadi.

Qabul vaqti: 10:00-13:00/14:30-16:00

Boshlang’ich kursga qabul qilish shartlari:

  1. Qabul arizasini toʻldirish (+1 dona 3x4 rasm), arizani Yapon tili markazidan olishingiz mumkin.
  2. 1 dona passport nusxasi (passport nusxasida Toshkent shahri, yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtganlik qaydi aks etilishi lozim).
  3. Markaz tomonidan taqdim etilgan uy vazifasi asosida imtihon topshirish.

*Voyaga yetmaganlar, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, hama ota yoki onasining pasport nusxasini taqim etishlari lozim.

*Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy  roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolar, ish yoki oʻqish joyidan maʻlumotnoma taqdim etishlari lozim.

*Boshlang’ich guruhga  14 yoshdan yuqori boʻlganlar qabul qilinadi.

*Kurs to‘lovi: 3 oy uchun  500 000 so‘m etib belgilangan.

Davom ettiruvchilar uchun kursga qabul qilish shartlari:

  1. Qabul arizasini toʻldirish (+1 dona 3x4 rasm)
  2. 1 dona passport nusxasi (passport nusxasida Toshkent shahri, yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtganlik qaydi aks etilishi lozim).
  3. Kirish imtihonini topshirish. Imtihon topshirish normativlari qabulning birinchi kuni e’lon qilinadi.

*Voyaga yetmaganlar, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, hama ota yoki onasining pasport nusxasini taqim etishlari lozim.

 *Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy  roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolar, ish yoki oʻqish joyidan maʻlumotnoma taqdim etishlari lozim.

*Bolalar guruhiga 10 yoshdan 13 yoshgacha boʻlganlar qabul qilinadi

*Kurs to‘lovi: 3 oy uchun  500 000 so‘m etib belgilangan.