Karantin e’lon qilinishidan avval ro’yxatdan o’tgan, ammo Markaz faoliyati vaqtincha to’xtatilganligi sababli kutubxonadan foydalana olmagan foydalanuvchilar uchun kutubxonaga a’zolik muddatini uzaytiramiz va maxsus kartalarni taqdim etamiz. A’zolikni uzaytirish muddati ro’yxatdan o’tgan sana va kartaning amal qilish muddatiga bog’liq. Maxsus kartalarni olish istagida bo’lganlardan (+99878) 120-73-94/95 telefon raqamlari orqali oldindan Markazimizga murojaat qilishingizni so’raymiz.