"Yaponiyada ta'lim 2018" ko`rgazmasi

"2018 yilgi Yaponiyaning Ta'lim ko'rgazmasi"da Yaponiyaning eng ilg'or universitetlarida ta'lim imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olasiz. Yaponiyaning 10 ta etakchi oliy o'quv yurtlari (Nanzan University, Ritsumeikan Asia Pacific University, Teikyo University, Nagoya University, International Pacific University, Nagoya University of Economics, Tokyo Metropolitan University, Tokyo University of Agriculture and Technology, University of Tsukuba, Wakayama University) vakillari o'z universitetlarining taqdimotini o'tkazadi, shuningdek siz individual maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
O'rganing, harakat qiling va kelajagingizni o'zingiz yarating!

Sana: 5 Noyabr, 2018 (Dushanba)
Vaqt: 10:00-17:00 (Ro'yxatga olish soat 9:30 da boshlanadi)
Manzil: Semurg konferents-zali, Xalqaro Biznes Markazi 13-qavat
Qatnashish uchun oldindan ro'yhatdan o'tishga hojat yo'q.