6 aprel kuni yapon bog’ida choy marosimi namoyishi bo’lib o’tdi. Ushbu choy marosimini Yaponiyaning “Urasenke Foundation” fondidan tashrif buyurgan choy marosimi mutaxassisi janob Soko Shimura olib bordi.

Ushbu tadbir Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi Yaponiyadagi “Green Grass Roots» tashkiloti bilan birga, O’zbekiston-Yaponiya Markazi va “yapon choy marosimini o’rganuvchi Toshkentdagi birlashma» nomli choy klubi ko’magi ostida tashkillashtirildi va o’tkazildi.