
BOLALAR UCHUN YAPON TILI KURSI
- Dekabr 4, 2020
- 0
Diqqat! Koʻp kutilgan kun keldi!
Farzandingiz boʻsh vaqtini mazmunli va qiziqarli oʻtkazishini istaysizmi?
Unday boʻlsa, ushbu kurs aynan Siz uchun!
Oʻzbekiston-Yaponiya Markazi yilda bir marotaba boʻlib oʻtadigan bolalar uchun yapon tili kurslari qabuli boshlanganini e’lon qiladi!
Bolalar uchun yapon tili kursiga arizalar qabuli 7-dekabrdan 16-dekabrga qadar boʻlib oʻtadi.
Qabul vaqti: 10:00-13:00/14:00-17:00
Darslar DUSHANBA, CHORSHANBA va JUMA kunlari 14:30 dan 15:50 gacha boʻlib oʻtadi
Kurs to‘lovi: 3 oy uchun 600 000 so‘m.
Bolalar uchun yapon tili boshlang’ich guruhiga 10 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
Boshlang’ich kursga qabul qilish shartlari:
- Qabul arizasini toʻldirish (+1 dona 3×4 rasm). Ariza nusxasini Markazdan olishingiz mumkin.
- Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, hamda ota yoki onasining pasport nusxasini taqdim etishlari lozim.
- Markaz tomonidan taqdim etilgan uy vazifasi asosida imtihon topshirish.
* Qabul arizalarini faqatgina qabul davomida Ozbekiston-Yaponiya Markazidan olishingiz mumkin.
** Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolar, oʻqish joyidan maʻlumotnoma taqdim etishlari lozim.
To‘liq ma‘lumot uchun Markazga murojaat qiling:
Amir Temur ko‘chasi 107-B , XHM binosi, 6-qavat
Tel.: 71-235-1328, 71-235-5068
Mas’ul shaxs:
Yapon tili kurslari bo’limining mijozlar va jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha mutaxassisi – Shermatova Irodaxon