O’zbekiston-Yaponiya Markazi 2000 yili O’zbekiston va Yaponiya Hukumatlari orasida tuzilgan shartnomaga asosan tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Savdo Vazirligi va Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) Markazning ta’sischilari sifatida ishtirok etdilar.

Mazkur jamoat tashkilotining maqsadi O’zbekistonda ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun xodimlarni tayyorlab berish, shuningdek Yaponiya bilan qiziquvchi o’zbekistonliklarga turli xil axborot, Yaponiya madaniyati va tilini o’rgatish orqali mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamfikrlikni chuqurlashtirish va do’stlik aloqalarini rivojlantirishdan iboratdir.

2012 yilning sentabr oyidan boshlab yapon tilini o’rgatish va madaniyata sohalarida Yaponiya Fondi (JF) bilan hamkorlik bashlanganligi sababli, ushbu kurslar faoliyati yanada takomillashtirildi.

Markaz juda keng doiradagi tashrif buyuruvchilarga shu boradan talabalar, maktab o’quvchilari, o’qituvchilar, tadbirkorlar va Yaponiya haqida axborot olish hamda mamlakatlarimiz orasidagi madaniyat almashuviga qatnashish istagida bo’lgan insonlar uchun hamisha ochiqdir.