Sharashova Marina Nikolaevna

1968 yil 18 iyulda Toshkent shaxrida tug’ilganman. 1975-1985 yillarda 102- sonli kar va eshitish qobiliyati nuhsoniga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan maxsus maktab-internatda tahsil olganman. Maktabni tamomlagach, LVSga o’qishga kirib, u yerda klub ishchiligiga o’qidim. RDKUzOGda metodist-tashkillashtiruvchisi bo’lib ishladim. O’zbekiston-Yaponiya Markazida kar va soqov insonlar, shuningdek eshitish nuhsoniga ega bo’lgan insonlarga  mo’ljallangan maxsus kompyuterkurslari ochilganligi haqida xabar topishim bilan darhol ushbu kurslarga mamnuniyat bilan yozildim, chunki o’sha paytlarda kompyuterni umuman bilmas edim. Ustozlarimizning kuchli e’tibor va qunt bilan dars o’tishlari, shuningdek, sub-tarjimonlarning professional tarjimalar yordamida men kompyuterda bemalol ishlay oladigan bo’ldim, Omadim kelib,
o’zim ham ushbu kurslarning o’qituvchisiga aylandim. Menga o’z ishim juda yoqadi, chunki o’quvchilarimning kuchli qunt bilan bilim olishga qiziqishlarini kuzatish juda ajoyib.