Markazimiz kutubxonasi yangi kitoblar bilan boyidi. Ularning orasidan yapon tilining o’rganayotganlar uchun asosiy bilimlar o’quv qo’llanmasi, yapon tili so’zlashgichi va shu bilan birga badiiy, tarixiy va jang san’atiga oid kitoblarni ko’rishingiz mumkin.

Yangi kelgan kitoblar orasida quyidagilar mavjud:

“Yapon tili 30 kunda” (Японский за 30 дней) kitobi. Muallif-tuzuvchi Nadyojkina N. V. Kitob rus tilida bo’lib, u yapon tilini oson va tez o’rganib olishni istayotganlar uchun juda yaxshi ko’makchidir. Bu mustaqil o’qish uchun qo’llanma 3 qismdan iborat: yapon yozmalarining o’ziga hosligi, talaffuzi va so’z turkumlari qisqa grammatikasi bilan tanishtiradi; so’zlashgich esa erkin suhbatlashish uchun eng zarur bo’lgan so’z va iboralardan tashkil topgan; rus-yapon, yapon-rus lug’ati esa o’z so’z boyliginigzni kengaytirishingizga yordam beradi.

Mustaqil foydalanish uchun qo’llanma yapon tiliga qiziquvchi va uni o’rganishni boshlayotganlar uchun foydali bo’ladi.

Sarguzasht romanlarining ustasi deb tan olingan Jeyms Klavellning “Shogun” romanini o’qiganlarni ushbu muallifning yangi sotib olingan “Gaijin” romani ham befarq qoldirmaydi.

Romanda 1862 yil Yaponiyadagi voqealar tasvirlangan. Kitob rus tilida.

“Gaijin” – bu aslzot Struan xonadonining o’tmishi haqida so’zlab beruvchi romanlardan biri.

“Yapon tilida oson o’qiymiz” (Легко читаем по-японски) seriyasidagi “Eng yaxshi yapon ertaklari” (Самые лучшие японские сказки) kitobi – bu qulay strukturaga ega bo’lgan, mashhur asarlar bilan tanishish va o’z so’z boyligini to’ldirish uchun imkoniyat bo’lib, u kattalar va bolalar uchun mo’ljallangandir. Bu nashrning muallifi Reznikova T. B. Kitob rus tilida.

Kitobga yapon xalq ertaklari: “Muz rafiqa”, “G’aroyib sochiq”, “Yoshartiruvchi suv” va boshqlar kirgan.

Ertak matnlari yapon tilini boshlang’ich daraja biladiganlar uchun mo’ljallangan bo’lib, lug’at, mashq va vazifalar bilan boyitilgan.

Nashr yapon tilini o’rganishni endi boshlagan, davom ettirayotganlar va yapon tilida o’qishga intilayotganlar – hamma uchun mo’ljallangan.

Nashriyotdan

… Muallif yapon tilidan rus tiliga tarjima qilayotganida, eng yuqori darajada mos tushishini saqlab qolishga intilgan. Bu o’quv maqsadi uchun qilingandir.

Ertaklar yapon tilining boshlang’ich-o’rta darajalari uchun moslashtirilgan. Har bir ertakda shu darajadagi o’quvchilarga qiyin bo’lgan so’zlarning ro’yhati berilgan…

Va boshqa kitoblar.

Eslatib o’tmoqchi edikki, kutubxonamizda turli janr va mavzudagi 9 000dan ortiq kitob mavjud bo’lib, har bir odam o’ziga manzurini topadi. Siz tinch va qulay hududda kitob o’qishingiz, yapon tili burchagida esa qo’shimcha o’quv materiallaridan foydalangan holda, dars qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitoblar, o’quv materaillari Markaz tomonidan o’rnatilgan “Kutubxonadan foydalanish qoidalari”ga asosan, ma’lum bir vaqtga uyingizga olib ketishga hamb beriladi.

Kutubxonadan foydalanish, a’zolik qoidalari va chegirmalar haqida ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: (78) 120-73-94/95.

Sizni O’zbekiston-Yaponiya Markazida kutib qolamiz!