Yaponiya haqidagi “Hir@ganaTimes” jurnali endi bizning Markazimiz kutubxonasida!

   Bu jurnal yapon tilini o’rganayotgan yoki o’rganmoqchi bo’lganlar uchun ajoyib topilmadir. Jurnal orqali Siz ingliz tilidagi tarjimasi bilan yapon tilida yozilgan bir biridan qiziqarli matnlarni, Yaponiya haqida qiziqarli ma’lumotlarni olishingiz, zamonaviy tamoyillar, diqqatga sazovor joylar bilan tanishishingiz  hamda, dolzarb yangiliklar haqida xabardor bo’lib turishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, jurnalda ierogliflarni o’rganish bo’limi “KanjiMasterRoad” hamda, manga ihlosmandlari uchun – Yapon komikslari bo’limi va bo’shqa ko’plab qiziqarli bo’limlar mavjud!