Япон тили

2001 yilda tashkil topgan yapon tili kurslari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Yapon tili kurslari quyidagi yo`nalishlarda faoliyat olib boradi:

  • Keng ommaga mo`ljallangan yapon tili kurslari
  • Yapon tili o`qituvchilari va yapon tili tashkilotlarini qo`llab quvvatlash
  • Yapon tilini o`rganuvchilar uchun turli tadbirlar uyushtirish
  • Yaponiyaga o`qishga ketish uchun o`tkaziladigan imtihonga ko`maklashish

Yapon tili kurslari ochilgunga qadar  yapon tilini o`rganuvchilarning 90%  davlatga tegishli o`quv muassasalarida ta`lim olishar va yapon tilini o`rganish imkoniyati yosh institut talabalari bilan chegaralanib qolgan edi. Yapon tili kurslari ochilgach esa istagan shaxs yapon tilini o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldi. Hozirda yapon tili o`rganuvchilarining 30% omma uchun mo`ljallangan turli o`quv muassasalarda ta`lim olishmoqda.