"Aikido" taqdimoti

 

 

Aikido 合気道  — zamonaviy yapon jang san'ati. Morihei Ueshiba tomonidan yaratilgan bo'lib, uning jang san'ati tadqiqotlari, falsafasi va diniy qarashlarining mahsulidir. Ko'p hollarda Aikido "hayot energiyasining qo'shilishi yo'li" yoki "ruhni uyg'unlashtirish yo'li" sifatida tarjima qilinadi. Ueshibaning maqsadi, faqat o'zini emas, balki raqibni ham jarohatdan saqlash imkoniyatini beruvchi jang san'atini yaratish edi.  

Aikido texnikasining asosi raqib hujumi bilan uyg'unlashib, hujumchining energiyasini yo'naltirish va og'riqli ushlash yoki irg'itishdan iboratdir. 

Barchani Aikido bo'yicha 4-dan sohibi Hirahata Toshihiro boshchiligidagi taqdimotga taklif etamiz.

Sana:

 29 yanvar (du.)

O'tkazilish vaqti:

 15:00-16:00

Joyi:

 O'zbekiston-Yaponiya Markazi

Ishtirokchilar soni:

 40 kishi 

Qatnashish sharti:

 to'lov talab etilmaydi, oldindan ro'yxatdan o'tish lozim.

Murojaat uchun:

 Go'zal, Sabina

Telefonlar:

 (998-71) 120-73-94 / 95