O’zbekiston-Yaponiya Markazining foyesida namoyish etiladigan Choy marosimi

IX asr Nara davrida bud rohiblari choyni Xitoydan Yaponiyaga olib kelishgan. Ammo XII asrdagina Yaponiyada choyni ichish ommaviy tus oldi. 1522-1592 yy.da yashagan Sen-no Rikyu oddiy choy ichishni buddaviylik ruhi singdirilgan san’atga aylantirdi. Choy ichish san’ati o`zida yapon madaniyatining boshqa aspektlari: kalligrafiya, ikebana, yoqimli is tarqatish san’ati, yapon arxitekturasi, yapon bog` san’ati va o`zini tutish madaniyatini kompleks ravishda mujassamlashtirgan.

  Barcha (12 yoshdan yuqori bo’lgan) hohlovchilarni yapon choyi hamda shirinliklarini tatib ko’rishga taklif qilamiz Siz uchun Choy marosimi namoyishini “choy marosimi” to’garagi qatnashchilari o’tkazadilar. 

 

Sana: 3 mart (ju)
O'tkazilish vaqti: 14:00-14:45, 15:00-15:45, har bir namoyish vaqtida faqatgina 20 kishi qatnashishi mumkin
Joy: O'zbekiston -Yaponiya Markazi
Qatnashuvchilar soni: 20 (12 yoshdan yuqori bo’lgan)
Qatnashish shartlari: Oldindan ro'yhatdan o'tish talab qilinadi, ruyxatga olinganlar qatnashishi shart
Murojaat uchun: Nigora
Telefonlar: (998-71) 120-73-94 / 95