O`zbekiston-Yaponiya Markazi Buxoro bo'limi haqida

O`zbekiston-Yaponiya Markazi Buxoro bo'limi haqida

 

2001 yil O`zbekiston-Yaponiya Markazi (UJC) ochilgan davridan boshlab, Respublika hududlarida biznes kurslari, ikebana, origami kabi ko`plab tadbirlar o`tkazildi.

Markazning hududlardagi faoliyatining rivojlanishi O`zbekiston Hukumati tomonidan qo`llab-quvvatlanib, 2005 yil dekabr oyida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori hududlardagi faoliyatining asosiy moddalarini aniqlab berdi.

Faoliyat joyi etib Buxoro viloyatining Buxoro shahri tanlangan bo`lib, u Toshkent shahridan 550 km g`arbda  joylashgandir. Buxoro aholisi 260 000 kishini tashkil etib, O`zbekiston shaharlari ichida aholi soni bo`yicha 5 o`rinni egallaydi. Buxoro viloyatida paxta yetishtirish yuqori darajada rivojlangan bo`lib, shu bilan birga katta zavodlar yo`qdir. Viloyat turistik biznes, kichik va o`rta  sanoat markazi xisoblanadi. Shahar poytaxtdan uzoq bo`lganligi uchun qabul qilinayotgan axborot hajmi juda ham farqlidir,  ayniqsa marketing, biznes-mutanosiblik va shu kabi  amaliy biznes ma'ruzalari kam o`tkaziladi. Bu shaharda tarihiy obidalar mavjud bo`lib, Yaponiyadan ko`plab sayyohlarning tashrif buyurishi, tarjimon-gid bo`lish istagida bo`lgan aholining yapon tiliga katta qiziqish bildirgani ham shu jumladandir.

O`zbekiston-Yaponiya Markazi Buxoro bo`limida Inson resurslarini rivojlanishiga o`z xissasini qo`shish maqsadida, O`zbekistonning rivojlanayotgan iqtisodiyotiga kerakli bo`lgan yapon tajribasi va bilimlari asosida xalqaro darajadagi boshqaruvning amaliy treninglari o`tkazilmoqda, ikki mamlakat o`rtasidagi do`stlik aloqalari va o`zaro muloqotni kengaytirish maqsadida yapon tili mashg`ulotlari ham olib borilmoqda.Undan tashqari hamjihatlikni chuqurlashtiriuvchi Yaponiya madaniyati va ananalarini tanishtiruvchi ko`plab turli xildagi mashg`ulotlar va tadbirlar o`tkazilib kelinmoqda.

UJCning Buxorodagi idorasi Buxoro Davlat Universiteti binosida joylashgan. Universitet 1960 yil barpo etilgan bo`lib, talabalar soni 7500dan iboratdir. Universitet shahar markazidan 1km uzoqlikda joylashgan bo`lsada, universitetga borish juda osondir. Ushbu ta'lim maskanida tarih, jo`g`rofiya,iqtisod,axborot texnologiyasi, o`zbek hamda chet tillar fakulteti mavjud.

Shu bilan birga Koreys Markazi, Arab Markazlari ham joy olgan bo`lib, bu esa ko`pchilik talabalarning horij tillariga qiziqishlari yuqori ekanligidan dalolatdir. 

 Markaz faoliyati

Markaz quyidaqi asosiy yo`nalishlar bo`yicha faoliyat ko`rsatadi:

  • yapon tilini o`qitish;
  • axborot taqdim etish va o`zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tadbirlar o`tkazish;
  • qisqa muddatli biznes kurslarini tashkil etish;

 

UJCning Buxorodagi filialining ochilish marosimidan sur'atlar

 

 

 

2010 yil Markazning Buxoro bo'linmasi o'z faoliyatining 3 yilligini nishonlab, 2011 yilda o'zining 50000 chi tashrif buyuruvchisini qarshi oldi. 

2012 yilning 10 mart oyida Buxoro bo'linmasi o'z faoliyatining 5 yilligini nishonladi. Shu munosabat bilan 10 mart kuni "Bukhara Palace" mehmonxonasida bayramona tadbir o'tqazildi